Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ZARARLI TERMITLAR

 2017-10-05 09:56:23    144

PDF yuklash
Chop etish


Termitlar hasharotlar sinfi vakili hisoblanadi. Hozirgi vaqtda termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik global muammolardan biri bo’lib, er yuzida ularning 2800 ga yaqin turi mavjud. Shundan 160 ga yaqin turi zararkunanda hisoblanadi. O’zbekistonda esa ikki turi – Turkiston termiti va katta Kaspiy orti termiti qayd etilgan. Termit so’zi grekchadan olingan bo’lib, “termit” – tamom degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari ilmiy manbalarda ko’rsatilishicha, “termit” (issiq), ya’ni issiq joyda yashovchi deb, ularning uyasi termosga taqqoslangan.

Termitlar tashqi ko’rinishidan chumoliga o’xshash bo’lib, xalqimizning turli shevalarida “sariq chumoli”, “qabriston oq chumolisi”, “vaxmak”, “yog’och qurti” degan nomlar bilan atalgan. Ular issiqlikni sevuvchan bo’lganligi uchun, iqlimi iliq va issiq hududlarda keng tarqalgan.

Termitlar, tabiatda asosan qurigan o’simliklar, daraxtlarning yog’ochli qismlari bilan oziqlanadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O’simliklar va hayvonot olami genofondi institutining Umumiy entomologiya va araxnologiya laboratoriyasida professor A.Sh.Hamraev rahbarligida “O’zbekistonda turar joylar, tarixiy yodgorliklar va boshqa inshootlarga jiddiy xavf tug’diruvchi termitlarga qarshi samarali kurash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Termitlarni o’rgangan olimlar ularning haqiqiy ofat ekanligini tasdiqlaydilar. Buning misoli sifatida turar joylarning mebel, libos va oyoq kiyimlarining yaroqsiz holatga kelishi, turli daraxt va boshoqli ekinlarning qurishi, to’g’on, sug’orish kanallari va to’g’on ulamalarining vayron bo’lganligini eslatib o’tish kifoyadir.

Ilmiy adabiy manbalarda keltirilishiga ko’ra, 1948 yili zilzila tufayli Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrining vayronaga aylanishiga ham ushbu termitlar etkazgan zarar asosan sabab bo’lgan.

Chunki ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar etmoqda. Yuz kub santimetr hajmni egallagan 25 ming individdan iborat termitlarning bir oilasi, bir yil davomida taxminan 50 ming kub santimetr hajmdagi turli ko’rinishdagi tsellyulozani yo’q qilar ekan.

Binobarin, termitlar hozirgi paytda mamlakatimizning Farg’ona vodiysi, Toshkent shahri (Fozil tepa), Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlaridagi aholi turar joylarida, tarixiy-madaniy obidalar va boshqa qurilish inshootlarida tez ko’payib, misli ko’rilmagan darajada talofat etkazmoqda.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, respublikamizda termitlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 fevral kunidagi “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to’g’risida”gi 27-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, dezinfektsiya stantsiyalari tomonidan aholi yashaydigan uy-joylarda, ijtimoiy soha ob’ektlarida, korxona, tashkilot, madaniy-tarixiy obidalarda hamda O’simliklarni himoya qilish markazlari (hozirgi kunda “Agrokimyohimoya” HAJ) tomonidan tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, qabristonlarda, cho’l zonalarida va boshqa ochiq joylarda) termitlarga qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab qo’yilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash, termitlar tarqalgan aholi xonadonlari, qabristonlar va ochiq maydonlarga aniqliklar kiritish, termitlar ko’rsatgan talofat va zararni chamalash maqsadida, Farg’ona viloyati bo’ylab o’rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o’rganishlar davomida viloyatning 5 ta shahar va tumanlari (Farg’ona shahar, Rishton, O’zbekiston, Dang’ara, Farg’ona tumanlari)da aholi xonadonlari, qabristonlar termit hasharoti bilan zararlanganligi aniqlanib, ularga qarshi kurashish tadbirlari olib borildi.

Shu bois hozirgi kunda joylardagi mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, xonadon egalari va tashkilot rahbarlari termitlar to’g’risida ma’lumotga ega, ularning tarqalishini oldini olish borasida e’tiborli bo’lishlari, mazkur zararkunandalarga qarshi kurash choralarini o’z vaqtida amalga oshirishlari lozim.