Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


USTOZLAR ShARAFLANDI

 2017-10-05 10:03:04    96

PDF yuklash
Chop etish


FARG’ONA.Ustoz so’zini eshitganimizda vujudimizda allaqanday iliqlik, entikish paydo bo’ladi. Boisi, ilk marotaba bizga harf tanitib, qo’limizga qog’oz-qalam tutqazgan, ilm shu’lasi tomon etaklagan qalb sohiblari aziz ustozlarimiz hisoblanadi. Joylarda ustoz va murabbiylarimizning  kasb bayramlari keng nishonlandi.

“Farg’onaazot” AJ ga qarashli “Kimyogar” madaniyat saroyida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, shahar, viloyat va respublika fan olimpiadalari hamda tanlovlarida yuqori natijalarni ko’rsatgan Farg’ona shahar xalq ta’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari va rahbarlari qatnashdi.

Tadbirni shahar hokimi Sh.Erkaboev tabrik so’zi bilan ochib, ta’lim va fan fidoyilarini kasb bayramlari bilan tabriklab, pedagog-xodimlarning ko’p yillik mehnatlari va soha rivojiga qo’shayotgan ulkan hissalarini aytib o’tdi. Bir guruh soha xodimlariga diplom hamda qimmatbaho sovg’alar topshirdi.

“Kimyogar” madaniyat uyi san’atkorlari musiqiy kompozitsiyani ko’rsatishdi. Musiqa sadolari ostida ijro etilgan kuy-qo’shiqlar va turli millat vakillariga xos ajoyib raqslari, O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimovning qo’shiqlari dillarni xushnud etdi.

MARG’ILON.Shahar madaniyat uyida ham bayram tantanalari  bo’lib o’tdi. Unda shahar xalq ta’limi tizimidagi maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’qituvchi-murabbiylari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Shahar hokimi M.Ubaydullaev tadbir qatnashchilarini bayram bilan qutlab, faol va uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustoz-murabbiylarga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirdi.   

–Biz faxriy ustozlarga berilayotgan yuksak e’tibordan xursandman,-deydi Muruvvatxon Salimova. – Muhtaram Prezidentimiz qaror va Farmonlari bilan biz ustozlarga nisbatan ko’rsatilayotgan bu kabi hurmat-e’tibor, yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar hech qaysi yurtda yo’q, deb o’ylayman. Nihoyatda murakkab, ammo sharafli kasb egalariga o’z vazifalarini ado etish yo’lida omad va  kuch-quvvat tilayman.

Tantanada shahar madaniyat uyining xonandalari, 8-musiqa maktabining cholg’u ansambli jamoalari  hamda el ardog’idagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan diltortar qo’shiqlarga barchani raqsga chorladi. Kecha nihoyatda fayzli va shukuhli o’tdi.