Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 227 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Bugun JCh—2018 uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va unda Rossiya prezidenti Putin ham qatnashadi

 2017-12-01 09:49:10    81

PDF yuklash
Chop etish


15-noyabr kuni 2018-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etuvchi barcha — 32 terma jamoa nomi ma’lum bo‘lgandi. Bugun — qishning ilk kunida mundialga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Qur’a marosimi JCh—2018 mezboni bo‘lgan Rossiyaning o‘zida, Moskva shahridagi Kreml saroyida kechadi. Unda futbol dunyosining eng oldi insonlari qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi ham ishtirok etadi. Umumiy hisobda Kreml saroyiga 1300 dan ziyod mehmonlar taklif etilgan.

Reglamentga ko‘ra, qur’a davomida 1 ta qit’aning ikki jamoasi guruh bosqichidayoq bir-biriga raqib bo‘lmaydi. Faqatgina Yevropa qit’asi termalari bundan mustasno. Shunda ham, 1 ta guruhda Yevropaning 2 tadan ortiq vakili bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishtirokchi 32 mamlakat allaqachon savatchalarga bo‘lib qo‘yilgan. Ma’lumki, 1 ta savatdan joy olgan mamlakatlar guruh bosqichida bir-biri bilan to‘qnash kelmaydi.

1-savat: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya;

2-savat: Ispaniya, Peru, Shveysariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya;

3-savat: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron;

4-savat: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Foto: Google Images

Qur’a marosimi Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

manba:daryo.uz