Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLADA SOG`LOM MUHITNI TA’MINLAYLIK!

 2017-12-02 11:50:18    106

PDF yuklash
Chop etish


Farg`ona shahridagi Tadbirkorlar markazida mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, mahalla maslahatchilari, profilaktika inspektorlari,  umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida  tadbir bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklarni oldini olish profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig`i o’rinbosari, podpolkovnik Muhammadjon Ismoilov huquqni muhofaza etuvchi organlar, hokimiyat va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyat sodir etilishiga sabab bo’layotgan kamchiliklarni bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish xususida so’z yuritdi.

Farg`ona shahar hududida joriy yilning 10 oyi davomida  jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar  tahlil qilindi.

Shaharda mavjud 70 ta o’zini o’zi boshqarish organlarining 26 tasida jinoyatchilik oshgan. 33 tasida kamaygan, mahallalarning atigi 3 tasida jinoyat sodir etilmagan.

  Namangan viloyatining “Orzu” mahallasi ish uslubi bo’yicha profilaktik tadbirlar  belgilangan bo’lsa-da,  jinoyat sodir etishga moyil shaxslar va profilaktik hisobda turuvchilarni ijtimoiy hayotga ko’niktirish, ularni sog`lom turmush tarziga qaytarish borasida etarlicha ishlar olib borilmagan. Og`ir turdagi jinoyatlar 172 ta bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 13 taga ko’p.   Og`ir tan jarohati etkazish, bosqinchilik,  qotillik ishlarida ayollarning ham borligi mas’uliyatni yanada oshirish, faoliyatni izchil isloh etishni talab qiladi.

 Shahar hududidagi 24 ta mahalla fuqarolar yig`inlarida  “Jamoatchilik nazorat maskanlari” tashkil etilgan, lekin 46 ta MFYda nazorat maskanlari o’rnatilmaganligi oqibatida hududdagi huquqbuzarliklar oldi olinishiga jamoatchilik vakillari tomonidan e’tibor berilmayapti.  

 Tadbir davomida Farg`ona shahrining Oq-ariq mahalla fuqarolar yig`inida 27 noyabr kuni ro’y bergan bosqinchilik holati misol qilib  keltirildi. Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.  “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” degan maqsad bilan faoliyat yuritish zarurligi tushuntirildi.

 Shuningdek, mahallalarda ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan targ`ibot ishlarini kuchaytirish, yarashtirish komissiyalarining faoliyatini takomillashtirish  haqida to’xtalib o’tildi.

 

Kamola POLVONOVA.