Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Qirg'iziston prezidentining O'zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritildi

×

 2017-12-11 16:28:12    83

PDF yuklash
Chop etish


Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 11 dekabr kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevni qabul qildi. Bu haqda Qirg'iziston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

Erlan Abdildayev uchrashuv davomida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashining Avstriya poytaxti Vena shahridagi yig'ilishidagi ishtiroki yakunlari, shuningdek, Serbiyaga rasmiy tashrif haqida hisobot berdi.

Bundan tashqari, tashqi ishlar vaziri davlat rahbariga prezident Sooronbay Jeenbekovning O'zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik jarayoni haqida ham ma`lumot bergan. Qayd etilishicha, tashrif joriy yilning 13-14 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

Qirg'iziston prezidenti rejalashtirilayotgan tashqi siyosiy tadbirlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish bo'yicha qator topshiriqlar berdi, deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, 7 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag'ishlangan yig'ilish vaqtida O'zbekistonga qo'shni davlat rahbari kelishi kutilayotgani haqida ma`lum qilgandi.

manba: kun.uz

foto:  АКИpress