Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


IJODKORLAR BOG`IDA ISHLAR QANDAY?

 2017-12-14 20:04:56    84

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shu yilning 22 iyun kuni Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida Erkin Vohidov nomidagi Marg`ilon shahar madaniyat va istirohat bog`ini rekonstrukstiya qilish loyihasi bilan tanishgan edi.

Loyihada turli tadbirlar o’tkaziladigan amfiteatr, osh markazi va boshqa infratuzilma  ob’ektlari barpo etish belgilangan. Shuningdek bu erda Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi ochilishi, turli attrakstionlar o’rnatilishi, bir necha choyxona aholiga xizmat ko’rsatishi rejalashtirilgan.

 Davlatimiz rahbarining tashrifidan so’ng bog` hududida keng ko’lamda bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.  Shu kunlarda 426-XKMK MChJ pudratchi quruvchilari tomonidan Erkin Vohidov muzeyi, viloyat yozuvchilar uyushmasi binosining fasad qismlari qurilishi tugallanib ichki xonalarda pardozlash ishlari bajarilyapti. Yosh ijodkorlar maktabi va yotoqxonasi fasad qismida bo’yash va bezash ishlari nihoyasiga etkazilyapti. 1600 o’rinli amfiteatr sahnasi , nuroniylar uyi, ular uchun mo’ljallangan 20 o’rinli mehmonxona ham o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ldi.

Kuni kecha o’tkazilgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish hasharida bog` ichiga 600 tup kashtan, lola daraxti, qrim sosnasi va boshqa igna bargli daraxt ko’chatlari o’tqazildi.  10 ming kv. metr maydonga maysalar ekildi. 15 gektardan ziyod maydon atrofi devor bilan o’ralib, bog`ning kirish qismiga darvoza arki o’rnatildi.

Attrakstion o’yinlar uchun maxsus joy tayyorlab qo’yildi. Xitoy davlatidan 2 ta qayiqli va zanjirli attrakstion sotib olinib keltirildi. Yana 4 ta attrakstionlar sotib olish uchun tadbirkorlarga buyurtmalar berildi.

Bog` hududida 300 nafardan ziyod quruvchi-ustalar astoydil mehnat qilishyapti. Ular ikki mahal issiq ovqat va boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanganlar.

Bog` xizmati uchun marg`ilonlik qo’li gul hunarmandlar tomonidan milliy an’analar asosida maxsus otaravalar yasalmoqda.

Ma’mura ABDURAHIMOVA.