Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 153 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Kuz-qish mavsumi: MAS’ULIYATNI OSHIRISH ZARUR

 2017-12-19 11:43:23    87

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018 yillar kuz-qish  davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g`risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining shu yil 29 iyunda qarori qabul qilindi. Qarorda aholini, ko’p qavatli uylarni, umumiy foydalanish joylarini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini yoqilg`i-energetika resurslari bilan o’z vaqtida va etarli darajada ta’minlash, elektr va gaz ta’minoti ob’ektlari hamda ko’mir tarmoqlari korxonalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarini tashkillash belgilangan.

Ammo oradan besh oy o’tganiga qaramay ba’zi joylarda  qaror ijrosini ta’minlashga loqaydlik bilan qarab kelingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  devoni ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 4-5  dekabr kunlari Farg`ona viloyati shahar-tumanlarida joylashgan 128 ta maktab va 116 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o’rganildi. Jumladan, muassasalarni isitishdagi, tom qismidagi kamchiliklari bartaraf etilmaganligi, ko’mir yoqilg`isi belgilangan tartibda saqlanmaganligi hamda sanitariya talablariga javob bermaydigan xonalarda tarbiyalanuvchilarga ovqat tayyorlash holatlari mavjud.

Qo’qon shahridagi 31-maktabgacha ta’lim muassasasining oshxonasi, yuvinish, isitish moslamasi orqali xonalar isitilishini ko’rib, hayratlanasiz.  Chunki  bolalar yotoqxonasining bir chekkasiga pechka o’rnatilib, ko’mir bilan isitilmoqda. Ammo pechkaning  atrofi o’ralmagan. Bironta bola unga tegib, kuyib qolmasligiga kim kafolat beradi? Xonalarning isitish harorati etarli darajada emas.

Toshloq tumanidagi 7-maktabda ham noxush holatga duch kelindi. Maktab zinalari ko’chib ketgan, tom devorlari tushib, tomdan chakka o’tadi. Direktor, pedagogik jamoa bunday holatni ko’rib ko’rmaslikka olib, ko’z yumib kelishmoqda.  O’quv maskani nihoyatda achinarli holatda. To’rtta sektor mas’ullari bu ishni qattiq nazoratga olishlari talab etiladi.

O’zbekiston  tumanidagi 45- MTM, Farg`ona  shahridagi 22-maktab, Farg`ona tumanidagi 50-maktab, Beshariq tumanidagi  6-davlat ko’p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasi, Quvasoy shahar, Bag`dod tumani va boshqa tumanlardagi maktab, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham yuqoridagi holatlarga yo’l qo’yilgan.

Farg`ona  shahridagi  Ibn Sino nomli MFY hududidagi 123 ta ko’p qavatli uylardagi mavjud 1312 ta xonadonlarga 5 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari texnik xizmat ko’rsatib kelmoqda. I.Shumixina rahbarligidagi  “Fergana Feniks invest” xususiy uy-joy mulkdorlari  shirkatida 8 ta ko’p qavatli uy mavjud. Shu kunga qadar Yangi asr ko’chasidagi 154, 158, 168-uylar mavsumga tayyor emas. Ushbu uylarning tik isitish quvurlari ma’naviy eskirgan, ularni yangisiga almashtirish talab etiladi. “Madina bonu” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati texnik xizmat ko’rsatayotgan  176, 194-uylar, shuningdek, Tanzila Karimova boshqarib kelayotgan “Al-Maqsud-Mirzo” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatidagi 192-uyda boshlangan  mavsumoldi ishlari ma’lum sabablarga ko’ra to’xtab qolgan. Uchala shirkat raislari bu boradagi ishlarning to’xtab qolishiga “Xalq banki” Qirguli bo’limi tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan kredit mablag`larining shirkatlar hisob raqamiga o’z vaqtida o’tkazib berilmayotganligi bilan izohlashdi. Shirkatlar  rahbarlari  bilan suhbatdan shu narsa ma’lum  bo’ldiki, ularni  bir  muammo–ko’p qavatli uylarda yashab kelayotgan mulkdorlar  tomonidan  belgilangan  majburiy  badallarning  o’z  vaqtida  to’lanmayotgani  qiynamoqda va bu muammo shirkatlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Yuqorida nomlari keltirilgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislarining mulkdorlar bilan ishlashda o’z huquq va vakolatlaridan to’liq foydalana olmayotganliklari ma’lum bo’ldi. Avvalo, har bir shirkat raisi o’z hududida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar  targ`ibotchisi, ularning oldingi safdagi ishtirokchisi bo’lishi kerak emasmi?  Ustiga-ustak,  mulkdorlar bilan etarlicha muloqotning yo’qligi, zarur hollarda ular bilan yakka tartibda ishlash mexanizmining yaratilmaganligi tufayli o’rtada ishonch va hurmat yo’qolgan. Axir shirkat boshqaruvi xodimlari nizomga ko’ra, mulkdorlar bilan tez-tez uchrashib va yig`ilishlar o’tkazib, har bir xonadon egasini sohada olib borilayotgan islohot va yangiliklardan o’z vaqtida xabardor qilib borishi kerak emasmi?  O’zaro muloqotning to’g`ri va qonuniy yo’lga qo’yilmaganligi sababli yuqoridagi  kabi o’zibo’larchilik holatlari yuzaga chiqmoqda.

Hozirgi paytda hech bir ish o’z-o’zidan bajarilib qolmaydi. “Olma pish, og`zimga tush” deb kutib yashaydigan zamonlar o’tib ketdi. Yashab turgan xonadonlarimizga  texnik xizmat ko’rsatishdan tashqari, uylarimiz atrofidagi obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish ishlari mablag` talab qiladi va ushbu mablag`lar siz va bizning shirkatga to’layotgan majburiy badallarimiz hisobidan shakllanadi. Qolaversa har birimiz o’z uyimizni o’zimiz asrashimiz, uning xavfsizligi, tozaligi va hududdagi saranjom-sarishtalik uchun birdek javobgar ekanligimizni unutmaylik!

 Matluba SALIMOVA.

"Farg`ona haqiqati" muxbiri