Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“MENING MAHALLAMDA JINOYAT SODIR BO’LMASLIGI KERAK!”

×

 2017-12-19 11:48:14    119

PDF yuklash
Chop etish


“MENING MAHALLAMDA JINOYAT SODIR BO’LMASLIGI KERAK!”

degan axd bilan yashash har birimiz uchun hayotiy ehtiyojga aylanmog`i zarur

 Viloyat hokimligining katta majlislar zalida Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish  va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika Komissiyasi va xalq deputatlari viloyat Kengashining videoselektor shaklidagi kengaytirilgan qo’shma majlisi  bo’lib o’tdi.

Unda  Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Qo’shma majlisni viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G`aniev olib bordi.

Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari Otabek Murodov, Qahramon Quronboev hamda respublika Komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov o’z ma’ruzasida  joriy  yilning o’n bir oylik yakunlari bo’yicha  Farg`onada jinoyatlarga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida qilingan ishlar tahliliga e’tiborni qaratdi. Respublika ishchi guruhi o’rganishlari  bu borada  ichki ishlar, davlat va nodavlat idoralar tomonidan muayyan  chora-tadbirlar amalga oshirilganligini ko’rsatdi.

Natijada viloyatda umumiy jinoyatlar 19,8 foiz, jinoyat-qidiruv yo’nalishidagi ishlar 19,42 foiz, og`ir va o’ta og`ir jinoyatlar 1 foiz, bosqinchilik  23,7 foiz, qasddan odam o’ldirish 31 foiz, og`ir tan jarohati  etkazish 10,3 foiz, o’g`irlik 24,4 foiz, firibgarlik 21,1 foiz, bezorilik 48,4 foiz, transport vositasini olib qochish 11,1 foizga kamaygan.

Jinoyatlar soni kamaygan bo’lsa-da, o’rganishlar yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar, echimini kutayotgan muammolar va to’liq foydalanmayotgan imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi, deya qayd etdi ma’ruzachi. 

Xususan, sodir bo’lgan har bir jinoyatni qisqa muddatlarda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda muhokama qilish, profilaktika inspektorlari tomonidan mahallaga kunlik ma’lumot taqdim etish, boshqa hududdan kelib jinoyat sodir etgan shaxslarning yashash joyiga xabarnoma yuborish, oylik hisobot eshitish amaliyoti tizimli tarzda yo’lga qo’yilmagan.

Ichki ishlar organlari tomonidan mahallalarga kiritilgan taqdimnomalarning tahliliga qaralsa, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanmaganligi, taqdimnomalar nomiga va sifatsiz tayyorlanganligi, ularning muhokama etilishi amaliyoti talabga javob bermasligini ko’rsatadi.

Shuningdek, majlisda viloyatda huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Viloyat  hokimi  Shuhrat  G`anievning ma’ruzasida ham asosiy e’tibor 2018 yilgi ish rejalarini bugun yig`ilishda aytilgan xato va kamchiliklardan kelib chiqib belgilash zarurligiga qaratildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni tizimli yo’lga qo’yish samaraga erishishning asosiy omili ekanligi alohida qayd etildi.

Joylarda mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig`inlarida faoliyat ko’rsatayotgan komissiyalar mas’uliyatini oshirish, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan shaxslarning reablitastiyasi bo’yicha ishlarni qat’iy nazoratga olish darkorligi respublika Komissiyasi tomonidan ta’kidlandi.

Jinoyatlarning ayrim turlari ortib ketgan hududlardagi sektor rahbarlariga notinch va kam ta’minlangan oilalarda tadbirkorlik va tomorqa madaniyatini shakllantirish, aholini ish bilan bandligi yoki tirikchilik manbaiga ega bo’lishini ta’minlash choralarini ko’rish, ularga ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalaridagi ishlarni yanada jonlantirish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Yana raqamlarga murojaat etsak, o’n bir oy mobaynida guruhlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi 13,3 foiz, ayollar jinoyati  9,3 foiz, muqaddam sudlanganlar tomonidan 0,3 foiz, yoshlar jinoyati 14,43 foiz, ishlamaydiganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 44,4 foizga kamaygan.

Biroq bu hali xotirjamlikka asos bo’la olmaydi. Ayniqsa, bu borada “Mahalla”, “Nuroniy” kabi jamoatchilik tuzilmalarining kuchi va tashabbusiga suyanish lozim.

 “Mening mahallamda jinoyat sodir bo’lmasligi kerak!” degan tuyg`u va maqsad bilan yashash har bir farg`onalikning hayotiy ehtiyojiga aylanmog`i zarur. Loqayd va befarq bo’lmaslik, elkama-elka turib birga ishlash, mahalla hayoti bilan yashash – bugunning talabi. Zero, Vatan, biz tug`ilib o’sgan shu muqaddas ostona – mahalladan boshlanadi.

Qo’shma majlisda kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko’rib chiqilib, taklif va tavsiyalar o’rtaga tashlandi.

Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish  va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika Komissiyasi va xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

 Suratni Sherzod QORABOEV olgan.