Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Sayyor qabullar: HECH BIR MUROJAAT E’TIBORSIZ QOLMASLIGI KERAK

×

 2017-12-19 11:58:02    94

PDF yuklash
Chop etish


HECH BIR MUROJAAT E’TIBORSIZ QOLMASLIGI KERAK

zero, ularda inson taqdiri va manfaatlari bor.

 Joriy yilning 14-15 dekabr kunlari viloyatimizda “Sud, huquq-tartibot va nazorat organlari faoliyatida korrupstiya va xizmat mavqeini suiiste’mol qilishga qarshi kurash, adolatli jamiyat qurishda fuqarolarning  qonuniy manfaatlarini himoya qilish muammolari” mavzusida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Vazirlik, davlat idoralari rahbarlari shahar va tumanlarimizda aholi bilan sayyor qabullarni o’tkazdilar.

Uchko’prik tumanidagi transport kolleji binosida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o’rinbosari Erkabay Tadjiev fuqarolarni qabul qildi.

Muloqotlarda Bag`dod, Beshariq, Buvayda, Dang`ara, Rishton, Furqat, O’zbekiston tumanlari va Qo’qon shahrida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizning arizalari, og`zaki murojaatlari tinglandi.

– Uchko’prik tumanidagi Sariqo’rg`on qishlog`i, “Go’zal” mahallasida istiqomat qiluvchi xasta akam Alisher Toshmirzaevning sobiq  konserva ishlab chiqarish korxonasi tomonidan berilmagan 3 yillik ish haqini undirib berish masalasidagi murojaat bilan bosh prokurorning o’rinbosariga yuzlanmoqchiman, – deydi fuqaro Fotima Toshmirzaeva. – O’ylaymanki, bu muammo ijobiy echimini topadi.

Uchko’prik tumanidagi Yuqori dasht qishlog`ida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Abdukarim Abdurahimov katta yo’ldan o’tgan temiryo’l kesishmasi tufayli qishloq ahliga qiyinchilik tug`ilayotgani, bu erga maosh oladigan nazoratchi o’rnatish  zarurligi haqidagi murojaat bilan sayyor qabulda bo’ldi.

–Shu tumandagi Momochor qishlog`i,“Oq-suv” mahalla fuqarolar yig`inida 390 ta xo’jalik, 2000 ga yaqin aholi yashaydi, – deydi Abdusalom Abdulhaqov. – Hududimizda 45-maktab ham joylashgan. Ammo ichimlik suvi mavjud emasligi tufayli aholi hovuz va anhorlardan suv ichib keladi. 2014 yildan beri mazkur masalada qilinayotgan murojaatlarimiz o’z echimini topmayotgan edi. Shu muammoni ijobiy hal qilish bo’yicha murojaat bilan keldik.

Uchrashuvlarning ilk kunida Qo’qon hududidan 145 nafar fuqaro Respublika Bosh prokurorining o’rinbosariga murojjaat qilib, 31 ta murojaatga o’rnida javob topildi.

Xuddi shunday samimiy suhbatlar Farg`ona shahridagi “Tadbirkorlar markazi”da ham bo’lib o’tdi.

–Xonadonimizda 3 ta xo’jalik, 10 nafar kishi yashaydi, – deydi Marg`ilon shahridagi “Chorchinor” MFY, “Bozorboshi” ko’chasida istiqomat qiluvchi Karimaxon Holiqova. –1980 yilda tug`ilgan kenja farzandimni uylay olganim yo’q, ikki nafar nevaram ham uylanadigan. Shahrimizdagi arzon uy-joylardan ajratilishini so’rab Bosh prokurorning o’rinbosariga murojaat qildik.

Uchko’prik tumanidagi 20-bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Respublika Oliy  sudi raisi Kozimjon  Komilov va mas’ul xodimlar bilan uchrashuv, suhbatlar bo’lib o’tdi.

 Bu erda ham Qo’qon hududi tumanlari va shahar aholisi qatnashdi.

Advokat  Mansurjon Ahmadaliev qo’qonlik Alisher Arslonovga sun’iy ayb qo’yilib, unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi 2 marta qo’llanilganligi yuzasidan norozilik aks etgan shikoyat bilan kelgan.

Mijozim 26 yoshda, unga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Haqiqat va adolat qaror topishidan uning oilasi, onasi, turmush o’rtog`i juda umidvor, – deydi A.Arslonovning advokati Mansurjon Ahmadaliev. –Oliy sud raisi bizni shaxsan o’zi qabul qilib, agar qonun buzilishi sodir etilganligi aniqlansa, A.Arslonovga qo’yilgan ikkinchi ayblov olib tashlanishini aytdi.

Qabulning birinchi kunida Respublika Oliy sudi raisi va sudyalari 119 nafar fuqaroning 102 ta murojaati bilan tanishib chiqdilar. Ulardan 79 tasi joyida hal etilib, aholiga tushintirishlar berildi. 23 ta ariza esa ko’rib chiqish uchun qabul qilindi.

15 dekabr kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi binosida Respublika Oliy  sudi raisi va Oliy sudning sudyalari ishtirokida ochiq muloqotlar davom etdi.

Murojaatchilarning jinoyat ishlari, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudga oid arizalari bilan tanishib chiqildi.

Oltiariqlik 60 yoshli ayol mast eridan o’zini himoya qilish chog`ida o’zi xohlamagan jinoyatni sodir etgan, –deydi Oltiariq tumani hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Muhabbat Turdimatova. –Hozir sud hukmi kutilyapti. Bu holat o’rganib chiqilib, besh farzandi, 13 nafar nabirasi bor onaxonni kafillikka olyapmiz. Unga nisbatan engillik berilishini juda xohlaymiz. 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov ishtirokidagi sayyor qabullar esa Uchko’prik sanoat kasb-hunar kollejida tashkil qilindi.

–14 dekabr kuni 202 nafar fuqaro Ichki ishlar vaziri qabulida bo’ldi, –deydi Boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ish yuritish bo’limi o’rinbosari, mayor Alisher Shermatov. –Murojaatlarning aksariyat qismi uy-joy, moddiy yordam ajratilishi, sog`liqni saqlash, bandlik, ish haqi, tadbirkorlik, elektr-energiya, suv, gaz, ko’mir masalalari bo’yicha, shuningdek, rahbar xodimlar xatti-harakati ustidan, huquqiy va sud idoralaridan norozilik kayfiyatidagi, sudlanganlikni olish to’g`risidagi, maishiy muammolar, ob’ektlar, yo’l va asfalt qurish, ta’lim sohasiga oiddir. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti. Muammalarning joylarning o’zida hal qilinib, o’rnida echim topilayotganligi sayyor qabullarning amaliy natijasidir.

–Qumariq qishlog`ida tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan o’g`lim Xolbek Rahimjonovga umumiy er maydoni 200.0 kv.metrdan iborat bino foydalanish huquqi asosida o’tkazib berilgan, ammo ayrim odamlarning to’siqlari bilan u binodan foydalana olmayapti. Agar murojaatim ijobiy echim topsa, duradgorlik ustaxonasini kengaytirish va qo’shimcha ish o’rni yaratish imkoni tug`ilgan bo’lardi, –deydi fuqaro Hamida Isaqova.

Kecha Ichki ishlar vaziri Po’lat Bobojonov “Vodiygazta’minot” binosida   Farg`ona hududi tuman va shaharlar aholisini qabul qildi.

Bobur Jabborov joriy yilda Farg`ona politexnika institutiga to’lov shartnoma asosida o’qishga kirgan. To’lovni o’z vaqtida  to’lay olmagani sababli shartnoma bekor qilingan. Uchrashuvda B.Jabborov o’z murojaati orqali o’qishni davom ettirish istagini bildirgan. Uning murojaati ijobiy hal etildi.

       O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi binosidagi  aholi bilan muloqotda Respublika Davlat Bojxona qo’mitasi raisi o’rinbosari M.Saliev ishtirok etdi.

        – Farg`ona tumanidagi Oqtepa qishlog`ida istiqomat qilaman. Maqsadim yurtimiz ravnaqi uchun qo’limdan kelganicha ishlab o’z hissamni qo’shish. Bugungi muloqot jarayonida o’z mutaxassisligim bo’yida davlatimiz idoralaridan biriga ishga joylashish istagimni bildirdim va bu murojaatim ijobiy hal bo’ladi, degan umiddaman, – deydi Davronbek Hakimov.

       Marg`ilon shahrida ham sud, huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Shahardagi madaniyat va aholi dam olish markazida o’tkazilgan uchrashuvda Marg`ilon shahri, Qo’shtepa, Toshloq, Yozyovon tumanlaridan kelgan fuqarolar Davlat soliq qo’mitasi boshlig`i Botir Parpiev bilan muloqotda bo’ldilar.

– Momiq mahsulotlari ishlab chiqaramiz. Mahsulotlarimizni eksportga ham yo’naltirganmiz, – deydi Marg`ilon shahridagi “Turon vodiy teks” MChJ rahbari Abdusamad Ma’rupov. – Faoliyatimizni yanada rivojlantirish uchun “Asakabank”ning shahar filialidan kredit so’rab murojaat qilgan edik. Lekin haligacha murojaatim hal etilmayotgandi. Bugungi uchrashuvda qatnashib, adashmagan ekanman. Qisqa vaqtda jamiyatimizga kredit ajratib beriladigan bo’ldi.

– Shaharda aholiga transport ko’rsatish faoliyati bilan shug`ullanamiz. Bankdan mablag` olish uchun harakat qildik. Lekin kreditlar foizining yuqoriligi bizni o’ylantirib kelayotgan edi, – deydi “Yo’lovchi uyushmasi” MChJ ta’sischisi Ma’rufjon Turg`unov. – Pasaytirilgan foiz bilan kreditlar ajratiladigan bo’ldi. Bu sarmoyaga yangi avtobuslar sotib olishni maqsad qilganmiz. Yangi ish o’rinlarini yaratamiz.

Marg`ilondagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tgan uchrashuvda yurtdoshlarimiz O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Unda ta’lim tizimi, kommunal sohalar, mehnat muhofazasi, tadbirkorlik, sudlarda fuqarolik ishlari, bandlik va boshqa yo’nalishlarga oid muammolar tahlil etilib, hal etishga yo’naltirildi.

– 2015 yilda Marg`ilon 1-tibbiyot kollejini hamshiralik ishi mutaxassisligi bo’yicha tamomlaganman. Afsuski, shu davrgacha ishga joylasha olmayotgandim, – deydi Qo’shtepa tumanida yashovchi Mohichehra Yusupova. – Adliya vaziri bilan saimimiy muloqotda bunga echim topildi. Tumanimiz tibbiyot birlashmasida ish boshlydigan bo’ldim. Yoshlarga ko’rsatilgan e’tibordan juda minnatdorman.

Sayyor qabullar uchun alohida minnatdorchilik bildiraman, – deydi Farg`ona shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Xolbek Yusupov. – Nafaqaxo’rmiz, vaqt va mablag` topib, poytaxtga o’z masalamiz bilan borishimiz qiyin edi. Mana, sud, huquq-tartibot organlari rahbarlari, vazirlar odamlarni tinglagani kelishibdi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari deb shunga aytamiz-da!

Suratlarni Sherzod QORABOEV va

Madaminjon SOLIJONOVlar olgan.