Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg`onada 2018 yil yuksak odimlash yili bo’ladi

 2017-12-19 12:13:13    98

PDF yuklash
Chop etish


INVESTITSIYA – IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI

 Farg`ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investistiya muhitini yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investistiyalar oqimiga bog`liq. Bu borada muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g`oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizastiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investistiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. 

Farg`ona viloyatining 2018 yilgi mintaqaviy investistiya dasturining mazmuni va uning ahamiyati bo’yicha Farg`ona viloyati hokimi, O’zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Shuhrat Madaminovich G`anievga murojaat qildik.

Viloyatda 19 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan joriy yilning o’tgan davrida 784 milliard so’mdan ortiq investistiyalar o’zlashtirildi. 500,0 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning to’qqiz oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi sanoat sohasida 45,7 foizni, qishloq xo’jaligida 97,5, qurilishda 92,8, chakana savdoda 83,1 foizni tashkil etdi. 2018 yil esa viloyatimizda yanada yuksak odimlash yili bo’ladi, desam mubolag`a bo’lmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 oktyabrdagi “Farg`ona viloyatining 2018 yilgi mintaqaviy investistiya dasturini ishlab chiqish chora-tadbirlari to’g`risida” farmoyishini bajarish yuzasidan, shuningdek, mavjud resurslar va zahiralardan yuqori darajada foydalanish asosida viloyatni jadal kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida 2017 yil 12 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 978-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan respublika darajasida tashabbus ko’rsatilgan strategik ahamiyatga ega bo’lgan o’rta va yirik loyihalar, “Qo’qon erkin iqtisodiy zonasi va viloyatdagi boshqa kichik sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investistiya loyihalar hamda kichik biznes, oilaviy va xususiy tadbirkorliksub’ektlarining investistiya loyihalarini o’z ichiga olgan Farg`ona viloyatining 2018 yilgi mintaqaviy investistiya dasturi tasdiqlandi.

Dasturga kiritilgan loyihalarni sohalar bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak:

Birinchi yo’nalish bo’yicha, Respublika darajasidagi viloyatda tashabbus ko’rsatilgan strategik ahamiyatga ega bo’lgan o’rta va yirik loyihalarning miqdori 2 trillion 931 milliard 583 million 700 ming so’mni tashkil etadi.

Ushbu loyihalar umumiy summasining 742 milliard 732 million 300 ming so’mi  loyiha tashabbuskori tomonidan, 931 milliard 246 million 300 ming so’mi tijorat banklari krediti hisobidan moliyalashtiriladi. Shu o’rinda alohida e’tibor beriladigan jihati shundaki, ushbu loyiha mablag`larini moliyalashtirishda 157 million 200 ming AQSh dollari miqdorida to’g`ridan-to’g`ri investistiyalar kiritiladi.  Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda 5000 dan ortiq ish o’rni yaratiladi.

Ikkinchi yo’nalish bo’yicha, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investistiya loyihalarining umumiy summasi 333 milliard 838 million so’mni tashkil etadi.

Shu jumladan,loyihaning 217 milliard 208 million so’m mablag`i loyiha tashabbuskorlari tomonidan,116 milliard 630 million so’mi tijorat banklari krediti hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda 2151 ta ish o’rni yaratiladi.

Uchinchi yo’nalish bo’yicha, Investistiya dasturidan767 milliard 946 million so’mlik kichik biznes, oilaviy va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investistiya loyihalari  ham o’rin olgan.

Ushbu loyihalar manbalariga nazar tashlasak, 280 milliard 66 million so’m mablag` loyiha tashabbuskori tomonidan, 308 milliard 361 million so’mi bank kreditlari hisobidan, 22 million 440 ming AQSh dollari miqdorida to’g`ridan-to’g`ri investistiyalar kiritiladi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda jami 5321 ta ish o’rinlari yaratiladi.

Yuqorida qayd etilgan raqamlarni umumiy holatda jamlaganimizda, 2018 yilgi investistiya dasturiga jami 4 trillion 33 milliard 367 million 700 ming so’mlik 483 ta loyiha jamlangan. Mazkur loyihalarning ijrosi natijasida viloyatda jami 1191 ta ish o’rinlari yaratiladi.

Jumladan, ayrim loyihalargaalohida to’xtaladigan bo’lsak:

OOO” Qo’qon  charm-poyabzal servis” loyihasining umumiy qiymati 59 milliard 200 million so’m bo’lib,  200 ta ish o’rinlari yaratiladi.

OOO “Yaypan Agroinvest” loyihaning umumiy qiymati 19 milliard 470 million so’m, 100 ta ish o’rinlari yaratiladi.

AO” Qo’qon superfosfat zavodi” “Indorama” kompaniyasi loyihaning umumiy qiymati 160 milliard so’m. 350 ta ish o’rinlari yaratiladi.

Qo’qon shahridagi OOO  “Farmasia” loyihaning umumiy qiymati 172 milliard so’m, 400 ta ish o’rinlari yaratiladi.

Bunday loyihalarni yana ko’plab keltirib o’tish mumkin.

E’tiborli jihati, bugungi kunda qishloq hududlarida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqda. Bu borada real bir misolga to’xtaladigan bo’lsam, O’zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan korxona bo’lib, jamiyatda kuniga 350 tonna sifatli qurilish mahsuloti tayyorlanadi. 150 ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada mahsulot  laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilib, sifati muntazam nazorat qilib boriladi.  Eng muhimi,  mahsulot uchun zarur xom ashyoning asosiy qismi korxona tasarrufidagi konlardan olinadi. O’tgan yil bu erda 7 milliard 800 million so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Joriy yilda bu ko’rsatkichni 10 milliard so’mga etkazish rejalashtirilgan. 

Ayni paytda “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 15 million dollarlik kredit evaziga kuniga 2 ming 500 tonna stement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi tsexni qurish ishlari boshlandi. Bu qo’shimcha yana mingta ish o’rni yaratish va mahsulotimizni eksport qilish imkonini beradi. 

 Suhbatdosh A.Teshaboev.