Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YUKSAK VATANPARVARLIK, IRODA VA MATONAT

×

 2017-12-20 11:16:33    86

PDF yuklash
Chop etish


Yuksak vatanparvarlik, iroda va matonat profilaktika inspektorlarining muqaddas qasamyodida aks etdi.

Ilgari xabar qilganimizdek, Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konstert saroyida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibidagi tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda vazirlik va idoralar, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etdi.


Tadbirda so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov, viloyat hokimi Shuhrat G`anievlar ichki ishlar organlari xodimlari aholining tinch-osoyishta hayotini ta’minlash, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida sidqidildan xizmat qilib kelayotganini e’tirof etdi.

Binobarin Prezidentimizning shu yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi qaroriga binoan osoyishtalik posbonlari uchun yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar bu borada muhim omil bo’lyapti. Xususan, ularga o’z xizmat hududida uy-joylar qurib berilayotgani hamda imtiyozli ravishda avtomobil bilan ta’minlanayotgani huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijobiy samara ko’rsatayotir.

       Marosimda 160 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uy-joylari hamda “Matiz” rusumli avtomashinalar topshirildi. Ularning safida katta serjant Nodirbek Solijonov ham bor.

– Bugungi qasamyod tadbiri menga g`urur hamda iftixor, shu bilan birga, cheksiz quvonch bag`ishladi, – deydi Farg`ona tumanining Qo’rg`ontepa mahallasida joylashgan 305-tayanch punkti profilaktika inspektori Nodirbek Solijonov.  – O’z xizmat hududimda uy-joy hamda avtomashina bilan ta’minlandim. Bunday e’tibor o’z vazifamizni a’lo darajada bajarib, xalqimizning tinch-osoyishta hayot kechirishi yo’lida kunu tun mehnat qilishimizga kuch-quvvat beradi.

–  Xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdek sharafli vazifada xizmat qilayotganimdan faxrlanaman, – deydi Toshloq tumanidagi Sadda hamda So’kchilik mahalla fuqarolar yig`inlariga xizmat ko’rsatuvchi profilaktika inspektori, leytenant Hikmatjon Qahhorov. – Barcha qulayliklarga ega xizmat uyi hamda imtiyozli kredit asosidagi mashina berilgani ishimiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hududimizdagi 6435 nafar  aholi tinchligini saqlashda mahalla faollari bilan doimiy hamkorlik qilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga harakat qilmoqdamiz.

Keng jamoatchilik vakillari bilan birga, profilaktika inspektorlarining ota-onalari hamda oila a’zolari ishtirok etgan mazkur tadbir bayramona tus oldi.

Madaminjon SOLIJONOV.

Sherzod QORABOEV olgan suratlar.