Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Mavsum mas’uliyati: KO’MIR TO’G`RI VA ADOLATLI TAQSIMLANISHI ZARUR

×

 2017-12-20 12:06:22    90

PDF yuklash
Chop etish


Qishning qirovli kunlarida  har bir inson xonadonida zarur sharoit bo’lishini istaydi.  Eng avvalo, issiqlik, energiya resursiga bo’lgan talabni qondirish uchun  zarur  choralar ko’riladi. Shu sababli bunday sharoitda ko’mirga bo’lgan talab ortadi.

Belgilangan tartib asosida har bir oila vakili ko’mir olish uchun o’zi yashayotgan mahallaga murojaat qiladi. Chunki aholiga etkazilishi  rejalashtirilgan  qattiq yoqilg`ining  hajmi  mahalla fuqarolar kesimida, tumanlar ehtiyojiga qarab, xonadonlar inobatga olingan  holda shakllantiriladi. Tuman yoki shahar hokimliklari tasdiqlagan,  mahalla oqsoqollari taqdim etgan ro’yxat asosida belgilangan  miqdordagi (o’rtacha ikki tonnagacha) qattiq yoqilg`i “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tasaruffidagi “O’ztemiryo’lyonilg`ita’minot” boshqarmasiga qarashli  joylardagi birlashgan  yoqilg`i ombor xo’jaliklari orqali tarqatiladi.   

  Viloyatimiz aholisiga joriy yilda  94 ming 500  tonna ko’mir,  30 ming 480 tonna  ko’mir briket mahsulotlari tarqatilishi ko’zda tutilgan bo’lib,  ko’mirning yagona chakana narxi 1 tonnasi uchun  156 ming 600 so’m etib belgilangan.  

Davlatimiz tomonidan etkazib berilayotgan ko’mir tijorat narxidan bir necha barobar arzonligi unga ehtiyoji borlarni tezroq xarid qilishga undaydi. Bag`dod tumani ko’mir omborida bo’lgan kunimizda aholini qiynab kelayotgan holatlarga duch keldik. Achinarli tomoni shundaki,  fuqaro ne hasratda navbat kutib, ko’mir ortilgan yuk mashinasi toroziga qo’yilganda  bu mahallaga navbat yo’qligi haqida ma’lum bo’lib, o’zga mahallaga o’tkazib yuboriladi.  Buni qanday izohlash mumkin? Bir necha kunlab navbat kutayotgan  yoki  endigina “og`zim oshga tegdi”  deganida umidlari puchga chiqayotgan odamlarni bunchalik qiynash to’g`rimi?

Tumandagi Ittifoq mahalla fuqarolar yig`inida  istiqomat qilaman, – deydi  Gulchehra Mashrapova. – Kamxarj va qulay bo’lgan ko’mir olishga ba’zida kunlab ovora bo’lgan holatlar bo’ladi.  Qo’ni-qo’shnilar bilan birga  harakat qilamiz. 1 tonnadan olsak ham ko’nglimiz to’q. Ammo aniq tartibning yo’qligi  yomon.  Balki ko’mir tarqatilayotgan hududda mahallalar o’rtasida taqsimot ishlab chiqish va avaldan ogohlantirish zarurdir.  Qolaversa, avtoulovlarning qimmatligi ham biroz noqulaylik keltirib chiqaradi. Bizning manzil uchun yuk avtomashinasi ko’mirni 500 ming so’m evaziga eltib qo’yadigan bo’ldi. Ayrim  haydovchilar 800 ming so’m, undan qimmaroq narx belgilayaptilar.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish ishlari har birimizdan mas’uliyat talab etadi, – deydi Yozyovon tumani “Mahalla” jamoat fondi raisi  o’rinbosari  M.Nazirov. –  Joriy yilda tumanga  4732 tonna ko’mir  ajratilgan bo’lib,  shu kunga qadar 3 ming tonnasi 33 ta mahalla fuqarolar yig`inlariga tarqatildi. 

Yana 1732 tonna ko’mir aholiga etkazib beriladi. Ammo tumanda 2 ming 600 ta  xo’jalik istiqomat qiladi.  Demak, aholining qiyinchiliksiz mavsumni o’tkazishi uchun bu miqdordagi ko’mirdan tashqari  yana shuncha zarur.

Ko’mir borasida  aholini o’ylantirib kelayotgan muammolardan biri bu uning sifatidir. To’g`ri, ko’mir egasiga etib  kelguncha  bir necha marta  ortib tushiriladi. Ammo bozorlardagi  sara  ko’mirlarni ko’rib, ko’ngillarga shubha o’ralaydi. Bu holatni tartibga solish, aholi uchun sifatli xizmat ko’rsatishni amalga oshirish, aholiga arzonlashtirilgan miqdorda keltirilgan ko’mirni bozor bahosida pullayotganlarga zarur choralar ko’rish fursati etdi.

 Kamola POLVONOVA,

“Farg`ona haqiqati” maxsus muxbiri.

Foto: kun.uz