Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini e’lon qildi

×

 2017-12-22 15:17:35    113

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 22 dekabr kuni poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon qilindi.

Prezident murojaati «O’zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Bu nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferentsiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo’g`indagi ijro hokimiyati va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etdi.  Bundan tashqari, mamlakatimizning 33 ta davlatdagi elchilari ham yig`ilishda o’z joylaridan turib ishtirok etdilar.
Murojaatnoma 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishlariga bag`ishlandi.

Shavkat Mirziyoev yig`ilishda nutq so’zladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.

O’zbekiston Prezidentining bu taklifi yig`ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo’llab-quvvatlandi.

«Bu masala bo’yicha ko’p o’yladik, ko’p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko’plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o’rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo’lmaydi, ko’p muammolar bor yo’l yo’q, svet, gaz yo’q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdikku? Nom qo’yishda juda o’yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko’chaga yozib qo’yish emas bu.

Men yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili , deb nom berishni taklif etaman.

Yangi fikr, g`oya, innovatsiya bo’lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har hokim buni bilishi kerak», dedi prezident.

Ma’lumot uchun, O’zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo’nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan.

Shuningdek, yig`ilishda respublikamizning barcha sohalari jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy, bank-moliya, savdo, investitsiya, sud-huquq, qishloq xo`jaligi ta`lim tizimi kabi muhim yo’nalishlari, ularda erishilgan yutuq hamda kamchiliklar va albatta qilinadigan dolzarb vazifalar prezident tomonidan ko’rsatib o’tildi. Yig`ilish ochiq va samimiy ruhda o’tdi.

Yig`ilishning batafsil tafsilotlariga saytimiz orqali yana toxtalib o`tamiz.