Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VATAN ISHONCHINI OQLA, YURTDOSHIM

 2017-12-27 16:48:10    120

PDF yuklash
Chop etish


“Adashib jinoyat yo’liga kirgan yoki sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon bo’lgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni jamiyatga, oilasi bag`riga qaytarish muhim ijtimoiy masalalardan biri hisoblanadi. Nega deganda, ular ham O’zbekiston fuqarolari, shu yurt farzandlaridir”.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda aytgan bu so’zlari xalqimiz, ayniqsa, jigargo’shasini sog`ingan onalar, otalar dilidagi gap bo’ldi. Panjara ortida ozodlik qadrining nechog`li bebaho ekanini tuygan, uni barcha narsadan ustun qo’ygan keksayu yosh mahkumlarning qalbiga yorug`lik olib kirdi, desak, aslo yanglishmaymiz.

2017 yil 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz tarixida ilk marotaba “O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan avf etish to’g`risida”gi farmonni imzoladi. Bu farmon xalqimizga xos kechirimlilik, rahmdillik va bag`rikenglik kabi azaliy qadriyatlarning yana bir yorqin namunasi bo’ldi.

– Mazkur jarayonda mahkum o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymonligi, yoshi, oilaviy ahvoli kabi muhim omillarga alohida e’tibor qaratildi, –  deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi Umidjon Soliev. –  Unga muvofiq, joylarda huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar mahkumlar bilan suhbatlar o’tkazdi. Jabrlanganlar hamda jamoatchilik, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari o’rganildi. Yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasidan ijobiy tavsif berilgan hamyurtlarimiz hamda to’g`ri yo’lga qaytganlar oilasi bag`riga qaytdilar.

Marg`ilonlik Xayrulla Abduhamidov mobil aloqa telefonida noqonuniy ma’lumotlarni saqlash va tarqatish ishlariga aloqadorligi sabab ozodlikdan mahrum etilgan edi. Qonunga xilof bu ishi tufayli oilasi hamda yaqinlaridan uzoqda, panjara ortida guldek umrining 5 yilini o’tkazishga majbur bo’ldi. X.Abduhamidovdek adashib jinoyat ko’chasiga kirgan, bundan qattiq pushaymon bo’lgan, yashash joyi va jazoni ijro qilish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslar oilasi bag`riga qaytmoqda. Shulardan yana biri  Marg`ilon shahrining Do’stlik mahallasida yashovchi Muzaffar Muhammadjonovdir.

–  Jigarbandini panjara ortida ko’rish ota-ona uchun og`ir ekan, –  deydi uning otasi Ma’murjon Ahmadjonov. –  Farmon imzolanishi bilan bizdek ko’ngli ma’yus oilalarga quvonch qaytdi. Yurtboshimizdan behad minnatdormiz. O’g`lim hozir 27 yoshda. U bildirilgan bu ishonchni oqlash uchun mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatdan foydalanish niyatida. Bu yo’lda unga yaqindan ko’maklashamiz.

Farmon ijrosi doirasida mahkumlarni jazodan ozod qilish ishlari joylarda izchillik bilan davom ettirilmoqda.

 

Madaminjon SOLIJONOV,

“Farg`ona haqiqati” muxbiri.