Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Qaror va ijro. YURTGA SODIQLIK AHDI

×

 2017-12-27 17:10:01    88

PDF yuklash
Chop etish


Profilaktika inspektorlarining navbatdagi qasamyodi qabul qilindi

 Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konstert saroyida viloyat IIB ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o’zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun navbatdagi tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o’tkazildi.

Prezidentimizning joriy yil 20 apreldagi "Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, inspektorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda muhim hujjat bo’lib xizmat qilmoqda.

Turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, viloyat hokimligi, huquq-tartibot idoralari vakillari va inspektorlarning oila a’zolari ishtirok etgan tantanali marosimda viloyatimizdagi 226 nafar profilaktika inspektorlari qasamyod qabul  qildi. Ularga xizmat uylari va avtomashinalar topshirildi.

– Xalqimizning biz, ichki ishlar idoralari xodimlariga bo’lgan ishonchini oqlash yo’lida tantanali qasamyod qabul qilganim kasbimning naqadar mas’uliyatli va sharafli ekanidan darak beradi, – deydi Farg`ona shahridagi 31- “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig`iniga xizmat ko’rsatuvchi profilaktika inspektori Jamshid Qurbonov. – Mehnatimizga rag`bat va qo’shimcha mas’uliyat sifatida barcha qulayliklarga ega xizmat uyi hamda imtiyozli kredit asosidagi mashina berildi. Bu bizni yanada sidqidildan xizmat qilishga undaydi.

Marosimda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig`matilla Yo’ldoshev, Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonovlar so’zga chiqib, ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohot va g`amxo’rliklar jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish, osoyishtalikni himoyalashda muhim omil bo’layotganini e’tirof etdilar.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat G`aniev ishtirok etdi.

Orkestr ohanglari bilan yanada fayzli o’tgan tadbir inspektorlarning yaqinlari uchun ham unutilmas taassurotlarga boy bo’ldi. Ana shunday rag`batga sazovor bo’lganlar safida O’zbekiston tumanidagi  Katta Tagob va Tagob mahallar fuqarolar yig`inlariga xizmat ko’rsatuvchi profilaktika inspektori, katta leytenant Shavkatjon Yo’ldoshev ham bor.

– Yangi yilni yangi uyda kutib olishimiz oilamizda cheksiz quvonch keltirdi, – deydi Shavkatjonning otasi, iste’fodagi podpolkovnik In’omjon Yo’ldoshev. – Bu kabi yuksak e’tibordan, shart-sharoitlardan so’ng o’g`lim yanada katta mas’uliyat bilan ishlaydi.

Shu kuni Farg`ona shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun ham ko’p qavatli uyda joylashgan 60 ta xonadon tantanali ravishda topshirildi. Imtiyozli kredit evaziga ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari shinam va zamonaviy yashash xonadonlariga ega bo’ldilar.

– Ikki nafar farzandning onasiman. 3 xonali ko’rkam uy bizga ham nasib etgani oilamiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo’ldi, – deydi viloyat IIB yong`in xavfsizligi boshqarmasi dispetcheri, safdor Zuhraxon Hasanova. – 10 yil muddatga kredit evaziga ajratilgan bu xonadonlar huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko’rsatilgan e’tiborning yana bir yorqin namunasidir. Bu e’tibor va ishonchga amaliy ishimiz, natijalarimiz bilan javob beramiz.

 

Madaminjon SOLIJONOV.

Sherzod QORABOEV olgan surat.