Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Medialager. O’ZBEK JURNALISTIKASINING YUKSAK ISTIQBOLI

×

 2017-12-27 17:15:08    87

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda 17-24 dekabr  kunlari respublika jurnalistlarining VII an’anaviy Chimyon o’quv-medialageri bo’lib o’tdi

 O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa  institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi, Farg`ona viloyat hokimligi, respublika tovar hom ashyo birjasi, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda “Harakatlar strategiyasi: islohotlar jarayoni va ommaviy axborot  vositalari” mavzusida tashkil etilgan medialager respublikamizning 8 ta viloyatidan tashrif buyurgan jurnalistlarni go’zal va betakror Farg`ona zaminiga chorladi.

Mehmonlarni tantanali kutib olish marosimidan so’ng medialager ishtirokchilari buyuk alloma Ahmad al-Farg`oniy haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi. O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov, “O’zbekiston ovozi” gazetasi muharriri Safar Ostonov, uyushmaning viloyat bo’limi raisi Muhammadjon Obidov va medialager qatnashchilari ishtirok etgan tadbir ijod ahlining ulug` ajdodlarimizga bo’lgan ehtiromi ramzi bo’ldi.

Shundan so’ng medialager qatnashchilari Farg`ona o’lkashunoslik muzeyida tashkil etilgan fotojurnalistlar Shamsiddin Qoraboev va Muqimjon Qodirovlarning “Lahzada hayot manzaralari” nomli  ijodiy ko’rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Farg`ona viloyat hokimligida respublikamizning 100 dan ziyod jurnalistlari tashrifi munosabati bilan qabul marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari Ilhomjon Nosirov jamiyatimizda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati, jurnalistning ta’sirchan so’zi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, insonlar qalbida yuksak islohotlarga, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, ona yurtga sadoqat va muhabbat tuyg`ularini jo’sh urdirishga xizmat qilishini e’tirof etdi va medialager ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Respublikamiz viloyatlaridan tashrif buyurgan jurnalistlar yuz yillik to’yini nishonlagan viloyat hokimligining bosh nashrlari  -“Farg`ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarini qutlug` sana bilan qutladilar va tahririyatlarga tabriknoma, esdalik sovg`alarini topshirishdi. Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`anievga viloyatda ijodkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xususan, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratgan alohida e’tibori uchun O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining “Tashakkurnoma”si taqdim etildi.

Medialager qatnashchilari Quvasoy shahridagi “Kvarst” akstionerlik jamiyati bo’ldilar. Farg`ona shahrida qad rostlagan mustaqillik inshootlari, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, hududdagi yangilanishlar bilan yaqindan tanishdilar, farg`onalik faxriy jurnalistlar holidan  xabar olindi.

Farg`ona tumanidagi “Chimyon” sihatgohida o’quv seminari ochildi. Medialagerning asosiy maqsad-vazifalari, dasturi haqida ma’lumotlar berildi. Suhbat va muloqotlarda milliy jurnalistikamizning bugungi qiyofasi, yutuq va kamchiliklari sarhisob qilinib, ommaviy axborot vositalari oldida turgan muhim vazifalar o’rtaga tashlandi. O’zbekis­ton Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash va mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bos­qichga ko’tarishda jamiyat hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan tub o’zgarishlar aholi manfaatlariga xizmat qilayotgani, islohotlar odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirish bilan birga, tafakkurini ham o’zgartirayotganiga alohida urg`u berildi. Ta’kidlanganidek, islohotlar jarayonida OAVlar rolini oshirishga qaratilgan ishlar ko’lamini kengaytirish esa g`oyat muhimdir.

O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov “O’zbek matbuoti  oldidagi dolzarb vazifalar va jurnalist mas’uliyati” haqida so’z yuritdi. Shuningdek,  “Amerika ovozi” radiosi muxbiri Navbahor Imomovaning “Tashqaridan nazar: tahlil va taklif” mavzusidagi videoma’ruzasi tinglandi. Mavzular yuzasidan qilingan savol-javoblar, munozaralarda  bugungi zamon jurnalisti mas’uliyatiga atroflicha  to’xtaldi.

Samarqand viloyati hokimligining “Zarafshon” gazetasi taqdimoti mazkur nashr faoliyati, uning o’ziga xos an’analari, erishgan yutuqlari xususida batafsil ma’lumot olish imkonini yaratdi.

Siyosatshunoslik fanlari doktori, “Xalqaro press klub” rahbari Sherzodxon Qudratxo’jaev tomonidan “Matbuotda ochiqlik, oshkoralik, hozirjavoblikning o’rni va ahamiyati” mavzusida tayyorlangan videoma’ruza ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi. Turkiyaning “Anado’li” axborot agentligi O’zbekistondagi muxbiri Baxtiyor Abdukarimovning o’zbek jurnalistikasi istiqboli xususidagi mulohazalari,  shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo  hamda Samarqand viloyatining Jonboy tumanlari gazetalarining taqdimoti har bir jurnalistni o’z faoliyati, ijodiy salohiyatini tanqidiy tahlil qilishga undadi.

“Ozodlik” radiosi muxbiri Sarvar Usmonning O’zbekistonda axborotlarni keng ommaga etkazish bo’yicha jurnalist mahoratini o’stirishga oid videorolik orqali yo’llagan taklif va mulohazalari tinglandi. O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi raisi Muhammadjon Obidov  “Jurnalistikada axborot yig`ish, mavzuning tug`ilishi va maqola taqdiri” mavzusidagi ma’ruzasida bugungi kun jurnalistida mavzu tanlash va unga individual, ijodiy yondashish mahoratini shakllantirish kabi masalalarni tahlil qildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi muassisligidagi “Istiqbol yo’li” gazetasining  taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

-Farg`onalik hamkasblarimizning jurnalistik mahorati, soha rivoji yo’lidagi izlanishlari, albatta, e’tirofga loyiq, – deydi  Samarqand viloyati hokimligining “Zarafshon” gazetasi muharrir o’rinbosari G`olib Hasanov. –Biroq bugungi tezkor axborotlashgan zamon, ma’naviy tahdidlar, ayniqsa, ularga qarshi jiddiy kurashda jurnalist ahli loqayd bo’lishga haqqi yo’q ekanligini, qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu  islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari vakillari o’z mas’uliyatini teran his etishi lozimligini unutmasligimiz kerak.

O’quv seminarida O’zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dostenti Ahmadjon Meliboevning “Harakatlar strategiyasi –O’zbekiston tanlagan yo’lning mantiqiy davomi” nomli ma’ruzasi jurnalistlarni bugungi  islohotlar jarayonining faol, tashabbuskor va fidoyi ishtirokchisi bo’lishga ruhlantirdi. “BiBiSi” radiosi muxbiri Pahlavon Sodiq, “Dunyo o’zbeklari” internet gazetasining muharriri Ismat Xushevning “Tashqaridan nazar: tahlil va taklif” mavzusidagi videomulohazalari tinglanib, fikr-mulohazalar bildirildi.

VII an’anaviy Chimyon medialageri jurnalistlar uchun chinakam mahorat maktabi, zamonaviy o’zbek jurnalistikasi yuksak istiqbolini belgilaydigan ijodiy jarayonlarning ilhombaxsh manbaiga aylandi. 

 

Sohiba ABDURAHMONOVA,

Dilnavoz QO’LDOShEVA,

“Farg`ona haqiqati” maxsus muxbirlari.

Sherzod QORABOEV olgan surat.