Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘onalik kam ta’minlanganlarga beg‘araz yordam. Uyli bo‘lganlar qancha? Uyini ta’mirlatganlar-chi?

 2017-12-28 14:55:53    89

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona tumani "Novkent" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Dilshodjon Mahamatovning uy-joyi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ko‘magi bilan ta’mirlab berildi. II guruh nogironi Dilshodjon bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad mamnun.

– Bizdek insonlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz, – deydi Dilshodjon. – Turmush o‘rtog‘im ham nogiron. Ikki farzandimiz bor. Yangi yilda uy-joyimiz ta’mirdan chiqarib berilgani bizga katta bayram sovg‘asi bo‘ldi.

– Shahar va tumanlarda aholining kam ta’minlangan toifalariga beg‘araz yordam ko‘rsatish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilgan, – deydi Farg‘ona viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi To‘ychiboy Sarimsoqov. – Masalan, 2 ming 451 oilaga manzilli yordam ko‘rsatish, 38 oilani uy-joy bilan ta’minlash, 190 oilaning uy-joyini ta’mirlash, 2 ming 109 oilaga maishiy texnika jihozlari olib berish, 114 oilaning tibbiy yordamga muhtoj a’zolariga salomatligini tiklashi uchun amaliy ko‘mak berish ishlari amalga oshirilmoqda.


Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA