Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Erkin fikr: Matbuotning “mahalliy”si bo‘lmaydi

 2018-01-06 21:37:12    106

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda keyingi bir yilda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar tufayli jamiyat o‘zgardi. Odamlar “uyg‘onmoqda”. Yillar davomida qat’iylashgan “o‘zingdan kattaga gap qaytarma, u baribir haq”, degan hayotiy mezon o‘zgarmoqda. O‘ylaganini, to‘g‘ri deb bilganini ayta olish, bahsga kirishish, o‘z fikrini, munosabatini himoya qilish, demakki, so‘z erkinligi turmush tarzimizga aylanmoqda. Bu esa matbuot erkinligini yangi darajaga olib chiqdi. Internetdagi ayrim saytlarga bir kunda yuz minglab o‘quvchi murojaat qilyapti. Telekanallarimizdagi ba’zi ko‘rsatuvlar millionlab tomoshabinlarni yig‘moqda. Ko‘cha-ko‘yda, yig‘in va marosimlarda ham OAVlarda ko‘tarilgan mavzu va voqeliklar haqida bahs-munozara, muhokama davom etmoqda. Ha, tan olish kerak, o‘tgan bir yil O‘zbekiston jamiyatini o‘zgartira oldi.


Ustozlarimiz jurnalist voqelikdan bir qadam oldin yurishi kerak, deb o‘rgatishgan. Lekin bugun shunday bo‘la olmadik. Aksincha, davlat rahbari qabul qilgan farmon va qarorlar ortidan “chopib” yuribmiz. “Juda to‘g‘ri va zarur qaror qabul qilindi,” deymiz. Ammo uning mohiyati mavzusini avvalroq matbuotda ko‘tarib chiqmadik, muammoga jamoatchilik e’tiborini tortib, bong urmadik. Shu bugungi vaziyatning o‘zi bizga ibrat, saboq.

Aslida kim sohada necha yil ishlagani emas, qanday ishlagani muhim. Bugun hurmatli hamkasblarimiz matbuotda, ayniqsa, bosma nashrlarni ayovsiz tanqid qilmoqdalar. Gazetalarda, avvalo, markaziy, otaxon nashrlarda jamiyatimizda ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishining ruhi hamon sezilmayotgani bot-bot ta’kidlanmoqda. Men ham ularning fikrini qisman qo‘llayman. Biz viloyatda o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarida “Jamiyat”, “O‘zbekiston ovozi”, “Oila va jamiyat” kabi sanoqli gazetalardagi axborot yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish uslubi, jurnalist mahorati, taxririyatning muammo yechimidagi izchilligi kabi xususiyatlarni tahlil qilamiz. Ammo markazda bunday nashrlar juda kam.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va xorijdagi hamkasblar, tahlilchilar O‘zbekiston bosma OAVlari deganda, faqat mamlakat miqyosida chop etiladigan gazetalarni nazarda tutishayotgani va ularga qarab xulosa chiqarishayotgani unchalik to‘g‘ri emas. Bugun yurtimizda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan 700 ga yaqin bosma nashr bor. Birgina Farg‘ona viloyatida ularning soni 80 dan oshadi. Ular orasida zehnli tanqidchilarimiz nazariga tushmayotgan gazeta, iqtidorli jurnalistlar borki, viloyat ahli, gazetxon allaqachon kasb mahorati, zamonga hamohangligi borasida o‘z muallif va nashrlarini tanib olgan. Bir necha yillardan buyon uzluksiz ravishda 5-10 ming adadda chop etilayotgan “Ma’naviyat”, “Istiqbol yo‘li”, “Buvayda ko‘zgusi”, “Ustoz” kabi gazetalar safidan “Yangi Farg‘ona”, “Bag‘dod hayoti”, “Xushvaqt” nashrlari ham o‘rin oldi. Ularda islohotlar yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan muammo va kamchiliklarni dadil ko‘tarib chiqish, ularni tanqid qilibgina qolmasdan, bunday nuqsonlarning oldini olish bo‘yicha amaliy fikrlar berish, har qanday muammoning sabablarini o‘rganish, mavzuga xolis va haqqoniy yondashishni kuzatish mumkin. Ayrim misollarga murojaat qilamiz. Qo‘shtepa tumani hokimligi muassisligidagi "Istiqbol yo‘li" gazetasida mushtariylardan kelgan maktublar asosida "Jurnalist tekshiruvi", "Jurnalist surishtiruvi" kabi ruknlar ostida yoritilayotgan har bir tahliliy va tanqidiy maqola natija berayotir. Masalan, fuqarolarning tahririyatga qilgan murojaati asosida yozilgan "Yangi rais vakolatga egami?" tahliliy-tanqidiy maqolasida tuman rahbari (hozirda sobiq) tavsiyasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovni tartibga soluvi amaldagi qonunchilikka zid uslubda o‘tkazilgan saylov natijasining vakolatli emasligi dalillab berilgan. Ammo sobiq hokim "men aytgan odam rais bo‘ladi!" deya fikrida qat’iy turib oladi. Tahririyat masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisiga murojaat qildi. Natijada Do‘rmon qishlog‘ida saylov qaytadan o‘tkazilib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.

"Xo‘roz qichqirmasa, tong otmaydimi?!" sarlavhali jurnalist tekshiruvi ham bir guruh mushtariylar murojaati asosida dunyoga kelgan. Unda chigit navini sinash stansiyasi uchun ajratilgan maydonlardan agrotexnika talablari asosida foydanilmayotgani bois, oddiy xo‘jaliklarda yangi navlardan yuqori hosil olinayotgan bir paytda, bu xo‘jalikda rejalar surunkali bajarilmay kelayotgani sabablari ochib berildi. Bu muammo ham tahririyatning qat’iyati bilan oxir-oqibat Oliy xo‘jalik sudi aralashuvida bartaraf etildi. "Faollikni amalda qachon isbotlaysiz?" (siyosiy partiyalarning tuman ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi roli va ta’siri yetarli emasligi xususida), "O‘rinsiz bahonalar, befarq rahbarlar" (hududlar infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘zibo‘larchiliklar haqida), "Hammomlarga bir nazar" (salomatlik manbai bo‘lgan hammomlar qurilishi va mavjudlari ishlamayotgani to‘g‘risida), "Abadiyat"da nima gap?" (tuman markazidan eng olisdagi qishloq aholisining haqli talablari qondirilishi kerakligi haqida) va boshqa bir necha o‘nlab maqolalar joylardagi muammolar yechimiga xizmat qildi.

“Ma’naviyat” gazetasida chop etilgan “Talabalar sessiyasidagi o‘ylar”, “To‘ylarimiz qachon tartibga tushadi?”, “To‘y - ma’naviyat ko‘zgusi” kabi tahliliy-tanqidiy maqolalarda ko‘tarilgan mavzular keng jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Gazeta faqat bu maqolalar bilangina cheklanib qolmay, unga nisbatan turlicha munosabatdagi fikrlarni ham chop etdi. Bu esa jamiyatda yig‘ilib qolgan ba’zi bir muammolarga jamoatchilik nazorati paydo bo‘lishiga ham xizmat qildi.

“Ustoz” gazetasidagi “Bola jinoyatga qo‘l ursa... Bunga kim aybdor? Uning o‘zimi, ota-onasimi yoki o‘qituvchi?”, “Bitiruv tadbirlari: dabdabalarga kim sababchi?”, “Internetdagi tahdidlar: to‘g‘ri yo‘ldan adashmang”, “Soch yozish odobdanmi?” va boshqa bir qator tanqidiy-tahliliy maqolalarda farzand tarbiyasidagi dolzarb muammolar qalamga olingan. Shuni aytish kerakki, gazetaning bu maqolalar chop etilgan soni qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Mahalla, maktab, o‘quv yurtlarida muhokama qilinib munosabat bildirildi.

“Yangi Farg‘ona” gazetasini olaylik. Aslida ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida chop etilgan Uchko‘prik tumani "Tepaqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarda tomorqasidan bir yilda 3-marta hosil olayotgan insonlar haqidagi “Tomorqa – ro‘zg‘or barakasi” maqolasi tortishuv, bahs munozaraga sabab bo‘ldi. 5-10 sotix tomorqasi bo‘la turib, hech nima ekmayotganlar suv ta’minoti, urug‘chilik, mahsulotni sotish kabi qator muammolarni ko‘tarib chiqdilar.

Bu bir qarashda mayda masaladek tuyular. Lekin gazetada har ikki tomonga ham minbar, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlashga imkon berilishi ilgari bir yoqlama targ‘ibotchiga aylangan nashrga yangicha ruh bag‘ishladi. Uning ixtiyoriy mushtariylari safi kengaydi. Qolaversa, “Yangi Farg‘ona” tamomila yangicha qiyofa kasb etdi. Dizayni, hech mubolag‘asiz, mamlakatimizdagi eng ko‘rimli shaklda. Sarlavha tanlash, maqoladagi muhim satrlarni ajratib ko‘rsatish, iqtiboslarni boshqa o‘lchovdagi harf va rangda joylashtirish, fotosuratlarda erkin hayotiy holatni aks ettirish mavzular dolzarbligi va jurnalist malakasi bilan uyg‘unlashib, talabchan o‘quvchi ehtiyojini qondirayotgani quvonarlidir.

Ha, viloyatlarda shu kabi gazetalar bor. Biz yaqinda tashkil etgan Chimyon medialageri davomida Samarqandning “Zarafshon”, Amudaryoning “Amudarya taraqiyati”, Jomboyning “Jomboy tongi”, Namangan shahrining “Namangan sadosi” kabi nashrlaridagi ruh, jurnalist mahorati, gazetachilik tajribasi umumo‘zbek matbuotining yuzi bo‘la olishini ko‘rdik.

Shu o‘rinda yana bir gap. Ba’zi hamkasblarimiz, hatto hurmatli olimlarimiz ham “mahalliy matbuot” degan iborani qo‘llaydilar. Men bunday tasnifga mutlaqo qarshiman. Matbuotning “markaziy” yoki “mahalliy”si bo‘lmaydi. OAV va unda aytilgan so‘z uchun tahririyat va muallif Toshkentda ham, Farg‘onada ham qonun oldida bab-barobar mas’ul. Gap nashrning markazda yoki viloyatlarda chop etilayotganida, xolos.

Biz zamonaviy jurnalistika haqida gapirgan, tahlil qilgan paytda mamlakatimizdagi barcha OAVlarni bilish va nazarda tutishimiz adolatdan bo‘ladi.

Muhammadjon Obidov,
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist

manba:O‘zA