Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyatimizda og‘ir hudud qolmasligi kerak!

×

 2018-02-19 14:15:09    100

PDF yuklash
Chop etish


Tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilalardagi ma’naviy muhit va turmush farovonligini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan yuzma-yuz muloqotlar ana shu ezgu maqsadni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan

 Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimlari, vazirlik va qo‘mitalar rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Rishton tumanidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mamlakatimizda “Inson manfaati hamma narsadan ulug‘” tamoyili asosida odamlarni hayotdan rozi qilish, hududlar obodligi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muammolarni hal etish, tuman ahlining zzgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan ana shu tajriba asosida har bir tumanda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan viloyat ishchi guruhi tomonidan izchil sa’y-harakatlar olib borilyapti. Shu yilning 7-12 fevral kunlari viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda viloyat hokimligining tegishli boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi a’zolari tomonidan So‘x, Quva, Farg‘ona va Toshloq tumanlarida samarali faoliyat olib borilishi ta’minlandi.

QUVA TUMANI

Quva tumanida viloyat hokimining 2018 yil 7 fevraldagi farmoyishiga asosan 26 nafar viloyat ishchi guruhi, 104 nafar tumanning 4 ta sektori a’zolari hamda 70 nafar tibbiyot va xalq ta’limi xodimlaridan iborat vakillar ishtirokida 65 ta MFYdagi 11 ming 320 ta xonadonlar a’zolari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida 2759 ta masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, shundan 1764 tasi o‘rganish kunida bartaraf etildi.

Ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar mobaynida oilalardagi ma’naviy muhit bilan bog‘liq 35 ta muammo aniqlanib, 18 ta muammo zudlik bilan hal etildi va 12 ta oila yarashtirildi. 352 ta oilaga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi, 84 ta kam ta’minlangan oilalarga gaz ballonlari bepul berildi. Amaliy sa’y-harakatlar natijasida elektr ta’minoti bo‘yicha 70 ta, toza ichimlik suvi ta’minoti masalasida 103 ta, ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq 135 ta muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. 368 nafar fuqarolarga ko‘mir yoqilg‘isi tarqatildi, 61 nafar fuqaroga esa homiylik asosida qo‘shimcha ko‘mir yoqilg‘isi etkazib berildi.

Uchrashuvlarda amaliy yodam so‘ragan ota-onalardan 17 nafarining farzandi maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirildi. 2018 yili 14 nafar tadbirkorlarning tashabbusi bilan tumanda davlat-xususiy sherikchilik asosida 14 ta bolalar bog‘chasi qurilishi rejalashtirildi. Sog‘liqni saqlash tizimiga oid 232 ta muammo va kamchiliklarning 189 tasi o‘rganish kunida bartaraf etilgan bo‘lsa, 46 ta fuqaro homiylar yordamida dori-darmon bilan ta’minlanib, 24 nafar fuqaro tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra shifoxonaga yotqizildi. 125 nafar odam ishli bo‘lishiga ko‘maklashilib, 86 nafar tadbirkorlik qilish istagidagi hamyurtlarimizga kredit olishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ayni kunlarda o‘rganish davomida aniqlangan va bartaraf etilmagan 995 ta muammolarni hal etishga ko‘maklashish ishlari davom etmoqda. Bu borada tumandagi 65 ta MFYlarning barchasi uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tuman va viloyat miqyosida bajariladigan ishlar yuzasidan tuman “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi va unda belgilangan vazifalarni bajarishga kirishildi.

FARG‘ONA TUMANI


Farg‘ona tumanida ham 4 ta sektorlar bo‘yicha 73 ta MFYlardagi 1170 ta xonadonlar o‘rganildi. O‘rganilgan xonadonlarda 553 ta muammolar aniqlanib, shundan 488 tasi joyida hal etildi. Yuzma-yuz muloqotlar davomida aniqlangan 65 ta muammo va masalalarni belgilangan muddatda hal etilishiga erishish uchun tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinganda quyidagicha holatni ko‘rish mumkin:

- oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit masalalari bo‘yicha 17 ta murojaat va ularning barchasi joyida hal etildi;

-tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlari masalasida 32 ta muammolarning hammasi o‘rganish kunida bartaraf etilishiga erishildi;

- elektr ta’minoti bilan bog‘liq 16 ta murojaatning 9 tasi bajarildi va 7 tasi tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi;

- ichimlik suvi sohasida 11 ta murojaat, 8 tasiga echim va 3 ta masala tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritish orqali hal etiladigan bo‘ldi;

- ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishida 40 ta masalaning 26 tasi o‘rganish mobaynida bajarildi, 14 ta taklif ijrosi tuman “Yo‘l xaritasi” orqali ta’minlanadi;

- ko‘mir etkazib berish bo‘yicha 15 murojaat shu kunning o‘zida hal etilishiga muvaffaq bo‘lindi;

- maktabgacha ta’lim sohasi 12 ta muammo, 11 ta ijro, 1 ta masala ijrosi tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi;

- xalq ta’limi yo‘nalishida 11 ta muammo va masalaning barchasi o‘rganish jarayonining o‘zida hal etildi;

- sog‘liqni saqlash tizimida 83 ta murojaatning 75 tasi ishchi guruh ko‘magida bajarildi, 8 ta masala tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritish bilan oxiriga etkaziladi;

- ishchi guruhi ko‘magida bandlik masalasida yordam so‘ragan 107 nafar ishsizning deyarli barchasi ishga joylashtirildi;

- imtiyozli bank krediti olish istagidagi 26 nafar murojaatchining 23 tasi orzusi shu kunning o‘zida amalga oshdi, 3 ta murojaat bo‘yicha bank mutaxassislari biznes-reja tayyorlash va kredit olishga ko‘maklashadi;

- moddiy yordam so‘ragan 73 nafar kam ta’minlangan oilalar a’zolariga to‘liq nafaqa tayinlandi;

- ishchi guruhi a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi 7 nafar murojaatchining barchasi o‘z faoliyatini boshladi;

- uy-joy masalasida 9 ta murojaat, 7 ta echim, 2 tasi tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi;

- boshqa masalalar bo‘yicha 94 ta murojaatchining 77 tasi iltimosi qondirildi va 17 tasiga tuman “Yo‘l xaritasi“ga kiritish orqali echim topiladi, albatta.

- Bevosita viloyat ishchi guruhi ko‘magi bilan sobiq pochta xizmati shoxobchasi o‘rnida “Zebo” xususiy korxonasini tashkil etib, 10 ish o‘rni bilan faoliyatimizni boshlaganimizdan mamnunmiz, – deydi Qo‘rg‘ontepa MFYda yashovchi Zebo To‘ychieva. – Mahallamizdagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash hisobiga yaqin vaqt ichida yana 10 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtiryapmiz.


SO‘X TUMANI

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida viloyat ishchi guruhi tomonidan aniq reja asosida ish tashkil etildi.

SHu maqsadda tumandagi 27 ta MFYda joylashgan 5472 ta xonadonda o‘rganish ishlari amalga oshirilib, 873 ta muammoli masalalar aniqlandi. Xususan, elektr ta’minoti bo‘yicha 25 ta, tabiiy gaz sohasida 66 ta, sog‘liq saqlash tizimiga taalluqli 107 ta, bandlik masalasida 96 ta va uy-joy qurilishi yo‘nalishida 25 ta murojaatlardan iboratdir.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha elektr va tabiiy gaz ta’minoti sohasida 79 ta, sog‘liqni saqlash tizimida 102 ta, ishga joylashtirish masalasida 90 ta, uy-joy yo‘nalishida 10 ta hamda boshqa sohalarga tegishli 171 ta muammoli masalalar ijobiy hal etildi. Boshqacha aytganda, tuman ahli tomonidan viloyat ishchi guruhi a’zolariga bildirilgan 873 ta murojaatning 705 tasi yoki 81 foizi joyida bartaraf etilishiga erishildi.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar mobaynida aniqlangan va bartaraf etilmagan 168 ta muammoli masalalar bo‘yicha tuman “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. O‘z navbatida o‘rganilgan 27 ta mahallaning barchasiga alohida “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi. Ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan muammoli masalalarni hal etish ishlariga 13 mlrd. 16 mln. so‘m mablag‘ zarurligi hisob-kitob qilindi. Unga ko‘ra:

respublika mablag‘i hisbidan – 6 mlrd. 500 mln. so‘m;

viloyat byudjetidan 4 mlrd. 112 mln. so‘m;

tuman mahalliy byudjetidan 1 mlrd. 540 mln. so‘m jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda. 

TOSHLOQ TUMANI

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uy-joy, kommunal va yo‘l xo‘jaligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash va hal etish, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va barvaqt oldini olish maqsadida viloyat ishchi guruhi a’zolari, tumandagi 4 sektor rahbarlari va ularning 104 nafar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida tumandagi 51 ta MFY hududidagi 6510 ta xonadonlar o‘rganildi, o‘rganish davomida 2119 ta muammolar aniqlandi. YUzma-yuz suhbatlarda aniqlangan muammolarning 1873 tasi joyida bartaraf etildi va bu umumiy murojaatlarning 88,4 foizini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha aniqlangan 246 ta muammo belgilangan tartibda hal qilish uchun tuman “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan 4 ta sektor hududida olib borilgan ishlar natijasida kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, nafaqa tayinlash, ishga joylashtirish, bepul davolanishlari uchun sharoit yaratishga ko‘maklashildi. Shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida amaliy yordamlar ko‘rsatilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Botir MADIYOROV tayyorladi.

Suratlarni Sherzod QORABOEV olgan.