Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Prokuror nazorati. Tadbirkorlik faoliyati qonun himoyasida

×

 2018-02-19 14:56:09    112

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta’minlash, uni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, kichik biznes  va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun shart-sharoit yaratish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ushbu masalaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga qaratilmoqda.

Xususan, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida 5624 nafar tadbirkorlarning huquqlari buzilganligi aniqlanib, 92 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy va 117 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Qonun talabiga zid bo‘lgan 48 ta huquqiy hujjatga nisbatan protest keltirildi, tadbirkorlarning manfaatini ko‘zlab sudga 1569,3 mln. so‘mni undirish haqida 98 ta da’vo arizalari kiritildi, 97 nafar tadbirkorga etkazilgan 485,7 mln. so‘m zarar ixtiyoriy qoplandi. Qonun buzilishlarni bartaraf etish haqida joylarga 51 ta taqdimnoma kiritildi, qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 5 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Natijada 5251 nafar tadbirkorlik sub’ektining buzilgan huquqlari tiklandi. Tadbirkorlik yo‘nalishida jami 605 marotaba targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston tuman davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Axmadjonov Vazirlar Mahkamasining 2016 yildagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan           “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini qo‘pol ravishda buzib, 2017 yil uchinchi choragi davomida 1468 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarning sug‘urta badallari to‘langani haqidagi axborot va ma’lumotlarini belgilangan muddatga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limiga taqdim etmagan. 

Mazkur holat yuzasidan R.Axmadjonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2419-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atildi. Aynan shu kabi huquqbuzarlik Bag‘dod tuman DSI bo‘lim boshlig‘i SH.Akramjonov tomonidan sodir etilgan.

Bundan tashqari, So‘x tuman IIB tezkor vakili R.SHodiev tumandagi tadbirkor D.Raxmonovning qonuniy faoliyatiga aralashib, uni go‘yoki chegara hududidan tovar moddiy boyliklar olib o‘tayotganligini asossiz ravishda vaj qiladi. 5630,0 ming so‘mlik qand mahsulotlarini ashyoviy dalil tariqasida olib, “So‘xsavdoinvest” MCHJ omboriga saqlash uchun topshiradi. R.SHodievga nisbatan MJtKning 22723-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilgan.

Qonunga zid bo‘lgan ma’muriy qaror bekor qilinib, tadbirkor D.Raxmonovga tegishli tovar-moddiy boyliklari to‘liq qaytarib berilishi hamda R.SHodievning intizomiy javobgarlik masalasi hal etildi.

2017 yilning 12 oyi mobaynida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar va tekshirishlarga ko‘ra, tadbirkorlar huquqlari buzilishi holatining 4507 tasi soliq organlari, 332 tasi hokimliklar, 29 tasi arxitektura, 11 tasi IIB, 10 tasi banklar, 5 tasi kadastr, 10 tasi elektr va gaz ta’minot korxonalari, 4 tasi veterinariya, 2 tasi tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi va suv ta’minot korxonalari, 1 tasi davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, 693 tasi boshqa davlat boshqaruv va nazorat organlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Nazorat va tahlillar natijasida soliq organlari xodimlari 24 ta, hokimlik xodimlari 12 ta, bank tizimi xodimlari 7 ta, arxitektura  va kadastr tizimi xodimlari 12 ta, g‘aznachilik va pensiya jamg‘armasi tizimi xodimlari 17 ta, gaz va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari 13 ta, “Yagona darcha” markazlari xodimlari 2 ta, veterinariya, tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari 1 tadan jami 92 ta huquqbuzarliklar sodir etganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan tegishli prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan mas’ul idoralar xodimlari jalb qilingani holda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan viloyat bo‘yicha jami 341 ta bo‘sh turgan binolar mavjudligi aniqlanib, ular bo‘yicha 327 ta loyihalar ishlab chiqilgan. 106 ta bo‘sh turgan binolarda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanib, ularda 853 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. O‘tgan yilning 12 oyida 189 ta kichik biznes sub’ektlarining faoliyati qayta tiklanib, natijada 316 ta ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.

 

Ma’sud MO‘MINJONOV,

viloyat prokuraturasining ijtimoiy

va iqtisodiy qonunchilik

ijrosi ustidan  nazorat bo‘limi boshlig‘i,

adliya maslahatchisi.

foto: prokuratura.uz