Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘g‘lonlar xizmatga shay!

×

 2018-02-19 15:08:40    119

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 2018 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida yoshlarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Ko‘rkam maskanda harbiy qurol-aslahalar, jangovar texnikalardan iborat ko‘rgazma, kitoblar savdosi tashkil etildi.

Maydonda saf tortgan o‘ktam askarlar chehrasida Vatan himoyasidek sharafli ishga hissa qo‘shish baxtiga muyassarlikdan mamnunlik ufurib turdi. 

Davlatimiz Madhiyasi yangradi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shuhrat G‘aniev xizmatga jo‘nayotgan askarlarni va ularning ota-onalarini samimiy qutladi. Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli milliy armiyamizda yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir, jismonan va ma’nan barkamol harbiylar xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Lutfullo Buzrukov, askar onalari nomidan Manzuraxon Solieva bo‘lajak askarlarga oq yo‘l tilashdi.

– Bugun juda baxtiyorman. Test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda yaxshi natijalarga erishganim bois, saralanganlar qatoridan o‘rin oldim, – deydi Sardor Raxmonov. – Muddatli harbiy xizmatdan so‘ng, albatta, shu sohada oliy ma’lumot olib, professional harbiy bo‘laman. O‘z burchimni chegara qo‘shinlari safida davom ettirish niyatim bor. 

       Viloyat hokimi askarlarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

       – Harbiy libosi yarashib turgan o‘ktam yigitlar orasida nabiram Asadbek ham bor, – deydi Quva tumanida yashovchi onaxon Muhabbatxon O‘rmonova. – Unga va tengdoshlariga qarab yurak-yurakdan faxrlanyapman. Chunki ular aziz diyorimiz tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini asrashga otlandilar. Yoshlarimiz albatta, Prezidentimiz, xalqimiz ishonchiga munosib bo‘ladilar.

 Farg‘ona shahridagi “Marg‘ilonsoy” majmuasida an’anaga ko‘ra to‘kin dasturxon tuzalib, osh tortildi. Tantanaga yig‘ilganlarning barchasi samimiyat ila muddatli harbiy xizmatga otlanganlarga oq yo‘l tilashdi.

 



Madaminjon SOLIJONOV.

Jahongir MIRZAMATOV olgan suratlar.