Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi: Go‘zallik yaratuvchi Dilafro‘z

×

 2018-09-20 11:55:43    210

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tumanining Beglar qishlog‘ida yashovchi 47 nafar tadbirkor o‘z xonadonlarida issiqxona tashkil qilib, qishin-yozin aholi dasturxonini bodring, qalampir, pamidor va boshqa rezavor ekinlar bilan ta’minlamoqda. Albatta, qilingan mehnatga yarasha topilayotgan daromad ham ko‘ngildagidek bo‘layotgani bois mahalla yildan yilga obod bo‘lib, aholi turmush farovonligi yuksalib boryapti.

Mahalladagi 955 ta oilaning yarmidan ko‘pi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, desak ishonavering. Dilafro‘z Ermatova ham ana shunday tinib-tinchimas fidoyilardan biri.

Uchko‘prik tumanining Hasanqora qishlog‘ida tug‘ilgan Dilafro‘z usta duradgor Mashrabjon aka va Lutfinsa ayalar xonadoniga kelin bo‘lib tushgach, uyda bekor o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmadi. G‘ayrat-shijoatli, izlanuvchan  kelin mahalladagi kollejni bitirgan qizlar bilan tikuvchilik sexi tashkil qilish niyatini turmush o‘rtog‘i Abdurahmonga aytganda uni qo‘llab-quvvatladi. Oila imkoniyatidan kelib chiqib Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 ta tikuv mashinasi sotib olib, ishni boshlab yubordi.

O‘tgan vaqt ichida mazkur sexda mahalladagi 30 nafarga yaqin qiz-juvonlar kasb sir-asrorlarini puxta o‘rganishdi va bugungi kunda ular ham mustaqil tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishmoqda.

Hozirgi kunda tsexda 5 nafar qizlar mehnat qilishyapti. Shogird tikuvchilardan Dilshoda Ostonaqulova bilan Dilfuza Asrorova yon qo‘shni. Biri Qo‘qon davlat pedagogika instituti va yana biri Farg‘ona politexnika instituti 2-bosqich talabalari. Vaqt topdi, deguncha chiqishib, ish bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Dilfuza yozgi ta’tilda deyarli har kuni ustozidan kasb sir-asrorlarini o‘rgandi.

Tsexda ishlab chiqarilayotgan bejirim dizayn va yuqori sifat uyg‘unligida tayyorlangan mahsulotlarga  Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham xaridorlar bor.

Dilafro‘z kelgusida tsex faoliyatini yanada kengaytirib, 10 ta ishchi o‘rni yaratish, mahsulot turini ko‘paytirish va sifatini oshirishni maqsad qilgan. Buning uchun “Universalbank”dan 25 mln so‘m imtiyozli kredit olish uchun  biznes-loyiha tayyorlab, topshirgan. Ushbu kredit amalga oshsa yosh tadbirkor xorij tikuv mashinalari va materiallar sotib olish niyatida. 

 

Zaylobiddin YIGITALIEV,

“Farg‘ona haqiqati” muxbiri.

Suratda: yosh tadbirkor Dilafro‘z Ermatova shogirdlari bilan.

Muallif olgan surat.