Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Yoshlar – kelajagimiz” dasturi. Yangi ish o‘rinlari yaratish

×

 2018-10-15 18:10:34    206

PDF yuklash
Chop etish


yoshlar ittifoqi tuman kengashining dolzarb masalalaridan  biri

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Dang‘ara tuman Kengashi va faollar tomonidan tumanda istiqomat qilayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning anketa va murojaatlari o‘rganib chiqildi. Bu jarayonda 48 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida yashovchi ellik mingga yaqin yoshlar bilan bevosita ochiq muloqotlar, suhbatlar  olib borildi.

O‘rganishlar xulosalariga ko‘ra tumanda ikki mingdan ortiq doimiy ish bilan band bo‘lmagan yoshlar borligi aniqlandi. Ularni bevosita foydali mehnatga jalb qilish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman hokimligi, Bandlikka ko‘maklashish markazi va boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy korxonalarni tashkil etish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilib, chevarchilik, sartaroshlik, hunarmadchilik, komp’yuter xizmatlari va qurilish materiallari bilan savdo qiluvchi do‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek,  Katta Boy-bucha mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham “Yoshlar mehnat guzari”da o‘nga yaqin sohalar bo‘yicha aholiga namunali xizmat ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan yoshlarning biznes rejalari asosida umumiy qiymati 3.819 million so‘m bo‘lgan 20 ta loyihaning manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu rejalar vakolatli banklar tomonidan imtiyozli tarzda amalga oshirilsa yil oxirigacha 287 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati yaratiladi.

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari hamda non mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar ochish, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish kabi 12 turdagi xizmat ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuzilgan loyixalar maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha banklarga  tavsiya qilingan.  

Bu yil Toshkent moliya institutini bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan To‘laboy qishlog‘ida “Ko‘ksuv tekstil” nomli sochiq ishlab chiqarish korxonasini faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Muhammadsaid Xo‘jaev 10 nafar mahalladoshlarini ish bilan ta’minladi. Ayni kunlarda korxonada kuniga xaridorlarning didiga mos ravishda 800 tagacha gulli va turli rangdagi sochiqlar ishlab chiqarilyapti.

Muhammadsaid korxonani kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va turini ko‘paytirish maqsadida “Milliy bank”ning Qo‘qon shahar bo‘limiga yana 550 mln. so‘m kredit olish uchun biznes loyiha taqdim qilgan. Yosh tadbirkorning mazkur loyihasi amalga oshsa korxonada ishlayotgan yoshlarning umumiy soni 40 nafarga etadi.

-Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Har bir oila - tadbirkor” dasturi ijrosiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shish, qishloqdoshlarimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilish maqsadida ularni qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirishni niyat qilib shu yil ko‘p tarmoqli “Karimberdi fayz shukuhi” nomli MCHJ tashkil qildim, – dedi yosh tadbirkor Shoqalandar Karimov. – Ishni o‘z imkoniyatimdan kelib chiqib Xitoyda ishlab chiqarilgan dastgoh sotib olishdan boshladim. Hozircha 3 nafar ishchi bilan xaridorlarning talabidan kelib chiqib  kuniga 700 donadan ortiq shlakoblok ishlab chiqaryapmiz. Kelgusi yilda olinayotgan daromadimiz evaziga sexni kengaytirmoqchimiz. Shu bilan birga jamiyat qoshida buzoq boqishga mo‘ljallangan firma tashkil qilish niyatimiz ham bor.    

 

Zaylobiddin YIGITALIEV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbiri.

 Suratda: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi faollari.

Muallif olgan surat.