Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg’ona shahri va Furqat tumanlarini o’rganish bo’yicha yakuniy yig’ilish bo’lib o’tdi.

×

 2018-11-05 12:06:24    116

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 1 noyabr kuni Farg’ona viloyati hokimligi binosi katta majlislar zalida Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg’ona shahri va Furqat tumanining ijtimoiy-ma’naviy jihatdan o’rganilishi yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Respublika ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi U.Ismoilov, ishchi guruh a’zolari, viloyat va shahar-tuman sektorlar rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, viloyat va shahar-tuman tashkilot-korxona rahbarlari, “Mahalla” jamg’armasi raisi, Yoshlar Ittifoqi viloyat va tuman bo’limlari raislari, deputatlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G’aniev olib bordi. 21-31 oktyabr kunlari o’rganilgan holat yuzasidan U.Ismoilov axborot berdi. Axborotga ko’ra, Respublika ishchi guruhlari tomonidan Farg’ona shahridagi
70 ta va Furqat tumanidagi 34 ta mahallalarda aholi bilan muloqot qilindi, jami 315 ta ijtimoiy soha ob’ektlarining holati atroflicha o’rganib chiqilgan.

Natijada ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, yo’llarni tartibga keltirish, ko’chalarni obodonlashtirish, aholining sog’lig’i va boshqa shu kabi kundalik hayoti bilan bog’liq Farg’ona shahrida 8 400 dan ortiq, Furqat tumanida esa, 2 900 dan ziyod muammolar aniqlandi. Har ikkala xududda aniqlangan muammolarning 85 foizdan ortig’i o’z echimini topdi.

Xususan, Farg’ona shahrining suv etib bormagan ko’chalariga jami 7,5 km ichimlik suv tarmog’i tortildi va 5 km oqava suv tarmog’idagi nosozliklar bartaraf etildi.

Shaharning 15 ta mahallalarida gaz tarmoqlaridagi bosim me’yoriga keltirilib, 10 mingga yaqin xonadonlarning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi, 763 ta xonadonlarning gaz ballonlari
15,2 tonna suyultirilgan gaz bilan to’ldirib berildi.

Elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash maqsadida
9 km elektr uzatish tarmoqlari ta’mirlandi, 13 ta mavjud transformatorlar ta’mirlandi, 4 ta yangi transformatorlar
va 71 ta temir beton tayanch stolbalari o’rnatildi. Buning natijasida 1 765 ta xonadon, 78 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va 21 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shaharning 14 ta ko’chalarida jami 12,3 km uzunlikdagi yo’llar shag’allashtirildi, 514 ta xonadonlarning sharoitlari yaxshilandi,
1,7 km masofadagi yo’llarga asfalt yotqizish ishlari bajarildi.

Shaharda aholini, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish, ularning ma’naviy bilimlarini oshirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida 4 ta xalq kutubxonalari tashkil etildi hamda internet tarmog’iga ulandi.

Shahar bo’yicha 600 ga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlandi, shundan 165 nafar haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 382 ta korxona va tashkilotlarga ishga yuborildi, 106 nafar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga
“Har bir oila - tadbirkor” Dasturi doirasida 8 mlrd. 320 mln. so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Bundan tashqari, shahar aholisini kasbga yo’naltirish masalasida 128 nafar hunarmand ayollarga 600 nafar ishsiz
xotin-qizlar biriktirildi. Shuningdek, 100 nafar tikuvchi ayollarga imtiyozli kreditlar asosida zamonaviy tikuv mashinalari berilishi tashkil etildi. Shuningdek, 8 ta tikuv tsexlari ishga tushirilib, ularda 85 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Farg’ona viloyati sog’liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari tomonidan 22 mingdan ortiq fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatidagi 61 nafar fuqarolarga 1 mlrd. 85 mln. so’m imtiyozli kreditlar ajratilishi bo’yicha hujjatlar tayyorlandi.

Soha mutaxassislari va tadbirkorlar bilan birgalikda
110 mlrd. so’mlik iqtisodiyotning sanoat, xizmat ko’rsatish, qayta ishlash sohalarida 40 ta loyihalar ishlab chiqildi. Bu loyihalar amalga oshirilsa, 430 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilandi.

Furqat tumani bo’yicha esa 2 km ichimlik suvi tarmog’i tortildi, 85 ta ichimlik suvi
va 3,2 km oqava suvi tarmog’idagi nosozliklar bartaraf etildi.

Elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash maqsadida
3,2 km elektr uzatish tarmoqlari, 5 ta yangi transformator va 93 ta beton tayanch stolbalari o’rnatildi. Buning natijasida 8 ming 405 ta xonadonlar, 6 ta ijtimoiy soha muassasalari va 23 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

Aholiga 406 dona gaz ballonlari tarqatildi, 3 669 ta oilalar gaz ballonlari suyultirilgan gaz bilan to’ldirilib berildi.

Mehnat yarmarkalarida
749 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi, 310 nafari mavsumiy ishlarga jalb qilindi, 404 nafariga esa, mehnat munosabatlariga oid huquqiy maslahatlar berildi.

“Har bir oila - tadbirkor” davlat dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini turli yo’nalishlarda boshlash niyatida bo’lgan 24 nafar fuqaroga 589,3 mln. so’m, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi bo’yicha 21 nafar yosh tadbirkorlarga 800 mln. so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Bundan tashqari, 17 nafar shaxslarga 316 mln. so’m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi bo’yicha hujjatlar tayyorlandi.

Tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda tashkil etilgan “Salomatlik tadbiri” davomida 8 432 nafar aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

26 oktyabr kuni “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi huquqiy savodxonligini oshirish” shiori ostida ko’tarinki ruhda tadbir o’tkazildi.

Tadbirda viloyat boshqarmasi va tuman adliya bo’limi, davlat notarial idoralari, FHDYo bo’limlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bandlik bo’limlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa idoralar mas’ul xodimlari tomonidan 1 ming 254 nafar aholiga bepul huquqiy yordam ko’rsatib, maslahat berildi.

O’rganishlar jarayonida sektorlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, Farg’ona shahrining 1-sektorida 4 164 ta, 2-sektorida – 1 680 ta, 3-sektorida – 1 576 ta va 4-sektorida – 1 042 ta muammo; Furqat tumanining 1-sektorida esa 1 093 ta, 2-sektorida –
655 ta, 3-sektorida – 458 ta va 4-sektorda – 300 ta muammo aniqlandi.

Aholining, ijtimoiy soha ob’ektlarining holati o’rganilib, ulardagi kamchiliklar muhokama qilindi. Konkret misollar yordamida tegishli mas’ul shaxslar, rahbarlarga vazifalar yuklatildi.

Yig’ilishda ko’pqavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida olib borilgan ishlar, nogironlarni qo’llab-quvvatlash, aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash, uy-joy uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tabiiy gaz bosimini ko’tarish, kam ta’minlangan oilalar yashaydigan yotoqxonada mavjud muammolarni echish bo’yicha masalalar aniq misollar orqali tahlil qilindi.

Ayniqsa, qish mavsumiga tayyorgarlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, Farg’ona shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi, viloyat perinatal markazi issiqlik tizimlari mavsumga tayyor emasligi aniqlandi. Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri binosi tom qismidan chakki o’tishi, tom qismi mukammal ta’mirlashga muhtoj ekanligi ma’lum bo’ldi.

Shuningdek, shahardagi 47 ta maktablardan 3 tasi, 81 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridan 6 tasi
kuz-qish mavsumiga tayyor emas. Ushbu ta’lim muassasalarining tom qismi shiferlarini, deraza va eshiklarini almashtirish hamda kanalizatsiya quvurlarini yangilash zarurligi aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu muassasalarga qurilish-pudrat tashkilotlari biriktirilib, muammolar tez kunda bartaraf etilishi belgilandi.

Shuningdek, shahardagi 1- va 2-sonli bolalar va o’smirlar sport maktabi, “Neftchi” PFK tasarrufidagi bolalar va o’smirlar futbol maktabi issiqlik tizimlari ham mavsumga tayyor emasligi, shaharda mavjud 1 274 ta ko’p qavatli uylarni ham kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari tashkil qilinmaganligi aytildi.74 ta ko’p qavatli uylarning tom qismi, erto’lalari, yo’laklaridagi framugalari, issiqlik tizimi ta’mirga muhtoj.

Furqat tumanida ham ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha tizimli ishlar tashkil qilinmagan. 10 ta
ko’p qavatli uylarda 168 ta xonadonlar mavjud bo’lib, unda
592 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.

Sho’r MFY hududidagi Tinchlik qishlog’ida 4 ta ko’p qavatli uylarning 2 520 m.kv. tom qismini ta’mirlash va 20 ta temir eshik o’rnatish ishlari rejalashtirildi. Ushbu ishlarni amalga oshirishga 404 mln. so’m miqdorida mablag’ ajratildi.

Shuningdek, viloyat byudjet muassasalariga 2018-2019 yil
kuz-qish mavsumi uchun 60,3 ming tonna ko’mir va briket mahsulotlari etkazib berish rejalashtirilgan bo’lib, reja 95 foizga bajarilgan.

12 kun ichida alohida Ishchi guruhi tomonidan Farg’ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlari va ko’p qavatli uylarning mavsumga tayyorligi holati atroflicha o’rganib chiqildi.

Natijada viloyat bo’yicha jami 2 135 ta ijtimoiy ob’ektlardan 634 tasi (ya’ni 301 ta bog’cha, 260 ta xalq ta’limi muassasalari
va 72 ta tibbiyot muassasalari) hamda mavjud 3 129 ta ko’p qavatli uylardan 266 tasi mavsumga tayyor emasligi aniqlandi. Ishchi guruhi tashabbusi bilan ushbu muassasalarda qishga tayyorgarlik ishlari tashkil etildi va nazoratga olindi.

31 oktyabr holatiga umumiy hisobda 382 ta ob’ektlarda mavsumga tayyorlash ishlari yakunlandi. 165 ta bog’chalar, 166 ta xalq ta’limi muassasalari, 51 ta QOPlar va poliklinikalar hamda 135 ta ko’p qavatli uylar qishga tayyor holatga keltirildi. Qolgan 252 ta muassasalarda va 131 ta ko’p qavatli uylarda esa, boshlangan ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Yuqorida amalga oshirilgan ishlar Farg’ona viloyati hokimining yordami bilan bo’lganini ta’kidlab, U.Ismoilov alohida minnatdorchilik bildirdi.

Bu raqamlar ortida qanchadan qancha farzandlarimiz, bemorlar va aholimiz taqdiri yotibdi, ularning qishni betalofat o’tkazishi uchun qulay sharoit yaratilishi turibdi. Yuqorida aytilgan kamchiliklarni hal etishga viloyat hokimi tomonidan 5 noyabrga qadar muddat belgilab berildi.

Shuningdek, yig’ilishda jinoyatchilik, noqonuniy nikoh, ajrimlar, suitsid kabi masalalar ham chuqur tahlil qilindi.

Shundan so’ng muzokaralarga o’tildi. Farg’ona shahri hamda Furqat tumanining to’rtala sektor rahbarlari bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdilar, galdagi vazifalarga bajonidil kirishishga so’z berdilar.

Furqat tumani hokimi eng katta muammolari ishsizlik, kommunal soha hamda bo’sh turgan ob’ektlardan foydalanish ekanligini aytdi va bularga echim topish uchun bel bog’ladi. Farg’ona shahri hokimi shaharning mahalliy byudjetini to’ldirish sohasidagi kamchiliklarni va boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash bo’yicha fikr bildirdi.

Yig’ilishda ko’rilgan masalalarga Farg’ona shahri, Guliston mahallasi raisi Donoxon Mamajonova hamda Furqat tumani “Nuroniy” jamg’armasi raisi Rustamjon Meliqo’zievlar so’zga chiqib munosabat bildirdilar. Ular ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan kamchilik, muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar ekan, minnatdorchilik izhor etdilar.

“Natijalarga osonlikcha erishilmaydi, faoliyat ko’rsatish payti keldi, faollik ko’rsatmagan rahbarlardan voz kechamiz”, - dedi viloyat  hokimi Sh.G’aniev yig’ilish so’ngidagi yakuniy so’zda.

Muhtaram Prezidentimizning so’zi bilan aytganda, “O’zimiz o’zimizga xiyonat qilmasligimiz, bir-birimizni aldamasligimiz kerak, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishimiz kerak. Shundagina ishimizda unum va baraka bo’ladi”.

Ushbu yig’ilishdan har bir rahbar o’ziga jiddiy xulosalar chiqarib, o’z faoliyatini tubdan o’zgartirishi, vaziyatni o’nglashi, muammolarni hal etish bo’yicha tizimli ish tashkil etishi lozim bo’ladi.

 

 Farg’ona viloyati hokimligi matbuot xizmati