Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Xalq so‘zi”: Qo‘qon — Butunjahon hunarmandlar festivali mezboni

×

 2019-02-11 13:29:46    170

PDF yuklash
Chop etish


Festival kunlari tarixiy ziyoratgohlar bo‘ylab uyushtiriladigan sayyohatlar, hunarmandchilik va milliy liboslar ko‘rgazmalari, badiiy va hujjatli filmlar tomoshalari, kitoblar, albom va fotosuratlar savdolari, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalari, polvonlar chiqishlari xalqimizning asrlar mobaynida sayqallanib kelayotgan qadriyatlarnibutun dunyoga tarannum etadi.

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida xalqaro festivalga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilayotir. Ko‘hna kentda Xudoyorxon o‘rdasi, Jome masjidi, Norbo‘tabiy va Sohibzoda Hazrat madrasalari, Modarixon dahmasi va Dahmai shohon kabi 62 madaniy meros ob’ektlari mavjud. Festivalga tayyorgarlik ishlari jarayonida har bir madaniy meros ob’ekti bo‘yicha turli tillarda bukletlar tayyorlash, tashrif buyuruvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Tayyorgarlik jarayonida shaharda shu yilning avgustiga qadar 10 yangi mehmonxonalar foydalanishga topshiriladi, 5 mehmonxona kapital rekonstruksiyadan chiqarilmoqda. Festivalning “yuragi”ni tashkil etuvchi Xudoyorxon o‘rdasida mukammal ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

— Xalqaro festivalda ishtirok etish uchun 2018 yil yakunigacha 66 mamlakatdan 111 nufuzli tashkilotlar ro‘yxatga olindi, — deydi “Hunarmand” uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limi raisi, ishchi guruhi a’zosi Muxtorali Azimov. — Festival bosh logotipini tanlashda 150 ortiq variantlar taklif etilmoqda. Internet saytini ochish va uning dizayni ustida ishlar olib borilmoqda. Ko‘zda tutilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari uch smenada tashkil etilgan.

Festivalda Qo‘qon hunarmandlari o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishadi. Ular orasida xalq amaliy san’ati va yog‘och o‘ymakorligi ustasi Otabek Umarov ham bor. Taniqli hunarmand Qodirjon Haydarovning evarasi bo‘lgan Otabek hozirdan tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, festival o‘tadigan O‘rda oldi majmuasiga barpo etish rejalashtirilgan ramziy kirish darvozalari uchun naqshinkor ustunlar tayyorlamoqda.

— Mazkur kirish darvozalari tashrif buyuruvchilarga shahrimiz hunarmadchiligi haqida dastlabki xulosalarni beradi, — deydi Otabek Umarov. — Otam Mirzayunus Umarov, og‘a-inilarim Jahongir va Jamshid Umarovlar bilan balandligi 3,5 metr bo‘lgan ikkita naqshinkor ustun tayyorlab qo‘ydik. YAna ustunlar tayyorlash ustida ishlayapmiz.

— Xalqaro festivalda Rishton tumanidan ham jami 100 nafar ustazoda kulollar ishtirok etishi belgilangan, — deydi “Hunarmandlar” uyushmasi Rishton tumani bo‘limi raisi Bunyodjon YUnusov. — Xozirda mukammal tayyorgarlik ishlarini davom ettiryapmiz. Festival doirasida “Rishton moviy afsonasi” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda 800 xildan ortiq kulolchilik nodir asarlari namoyishi bilan birgalikda, kulollarimiz oddiy tuproq san’at darajasiga borib etadigan jarayonlarni o‘z ichiga olgan mahorat darslarini ham tashkil etishadi. SHu yilning 1-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Rishton sehri” xalqaro kulollar va kulolchilik maxsulotlari festivalini ham xalqaro xunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining uzviy davomi sifatida anglash mumkin.

Elyorjon Ehsonov