Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


stopterror.uz: Tinchlik uchun barchamiz mas’ulmiz

×

 2019-02-24 20:51:36    57

PDF yuklash
Chop etish


Marg‘ilonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 12 fevral kuni “O‘z bolamizni, o‘z uyimizni va o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik” mavzusidagi umumprofilaktik targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot guruhlariga etakchi imom-xatiblar, deputatlar, madaniyat va sport sohasi vakillari hamda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan iqtidorli yoshlar jalb etildi.

Marg‘ilon shahardagi 1-umumta’lim maktabida “Oila – muqaddas ko‘rg‘on” mavzusida umumprofilaktik yig‘ilishi, Millliy hunarmandchilik kollejida esa “Men ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda mahalla fuqarolari o‘rtasida “Osh tanlovi” o‘tkazildi. SHu qatori “Oila – muqaddas ko‘rg‘on”, “SHahar prokurori sovrini uchun”, “Ogohlik – davr talabi”, “Bo‘sh ish o‘rinlari”, “Libos – ma’naviyat ko‘zgusi”, “Tinchlik uchun barchamiz mas’ulmiz” kabi targ‘ibot tadbirlari ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ushbu tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha joriy yil 16 yanvardagi 11-01-50-sonli chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi, – deydi Marg‘ilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullaev. – CHora-tadbirlar rejasiga muvofiq, o‘tkazilgan tadbirlarda 4 ming nafardan ziyod aholi vakillari, jumladan 720 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar qamrab olindi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etilishi hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi, xususan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, fuqarolarning bugungi tinch hayotimizga shukronalik va ertangi kunga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Kun davomida o‘tkazilgan tadbirlar yakunida shahardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat faollar zalida sektor rahbarlari, davlat va jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyatdagi taniqli sanat ustalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kun davomida o‘tkazilgan tadbirlar, ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida faol ishtirok etganlar va g‘oliblar taqdirlandi.

Nargiza Mamaziyaeva