Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Ijtimoiy himoyaning amaldagi ifodasi

×

 2019-02-24 20:59:10    47

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida 120 dan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs hamda ehtiyojmand oilalar muqim turar joy bilan ta’minlandi.

Qo‘qon shahrining Movarounnahr ko‘chasida joylashgan kasb-hunar kollejining sobiq yotoqxonasi kapital rekonstruksiya qilinib, 70 dan ziyod xonadon uchun shinam uy-joyga aylantirildi. Zamonaviy xonadonlar nogironligi bor shaxslar, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlar, Mehribonlik uyi bitiruvchilari, bir so‘z bilan aytganda, aholining ijtimoiy zaif qatlamiga doimiy foydalanish huquqi asosida bepul ajratib berildi.

YAngi xonadon kalitini qo‘liga olgan ona-bola – Mahbubaxon va Rustamjon Oxunovlar uchun bu unutilmas voqea bo‘ldi. Onaizor qizi va nogiron o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi ulg‘aytirdi. Hayot so‘qmoqlari o‘nqir-cho‘nqir ekan, turmushga chiqqan qizi ham ikki farzandi bilan ona uyiga qaytib kelgach, ular bir xonali uyda siqilib qolishdi. I guruh nogironi Rustamjon Oxunovga ikki xonali shinam xonadon ajratilishi bilan bu oila hayotida tom ma’noda yangi kun boshlandi.

– O‘g‘lim Rustamjon 31 yoshda, haligacha uylantirolmayotgan edim, – deydi ­Mahbubaxon Oxunova. ­– Yillar davomida ezib kelgan tashvishim aridi. Bolam o‘z vataniga ega bo‘lganidan behad xursandmiz. Prezidentimizga bir ona sifatida chin dildan rahmat aytaman.

Qo‘qonlik 10 yoshli Behro‘zbek Munavvarxon YUsupovaning qizidan yolg‘iz yodgor. Bolakay ko‘rish qobiliyatini qisman yo‘qotgan. Boz ustiga, buvi va nabira ko‘p yillar ijarama-ijara sarson yurgan. ­Opaning necha yillik muammosiga Prezident Xalq qabulxonasida echim topildi. Endi Behro‘zbek va buvisiga ikki xonali zamonaviy xonadon ajratildi.

Qo‘qon shahridagi ushbu yangi uy-joy hovlisida 20 ta ish o‘rniga ega tikuv sexi ham tashkil etildi. Sexda shu uyda yashovchi mehnatga layoqati cheklangan xotin-qizlarga avval tikuvchilik sirlari o‘rgatiladi, shu asosda ular doimiy ish va barqaror daromad manbai bilan ta’minlanadi.

Marg‘ilon shahar Qashqar mahallasidagi zamonaviy uy ham ilgari kasb-hunar kollejining eski yotoqxonasi edi. Bino kapital rekonstruksiya qilingach, 50 dan ziyod imkoniyati cheklangan, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar muqim boshpanaga ega bo‘ldi.

YOdgor Mirzajonov dunyoga kelib, ona allasini eshitmadi. Uning ismi ham achchiq taqdiridan nishona. Buvisi Maryamxon Mirzajonova uni oq yuvib, oq taradi. Bugun YOdgor 23 yoshni qarshi olgan bo‘lsa, Maryamxon momo 70 dan oshdi. Bobosining singlisiga tegishli 1,5 sotixli hovlini esa YOdgordan tashqari yana 4 ta xo‘jalik – 15 jon boshpana tutgan edi. Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimi YOdgorning kemtik ko‘ngliga malham bo‘ldi. Barcha shart-sharoit muhayyo qilingan ikki xonali xonadon endi uning o‘z uyi – o‘lan to‘shagi. Davlatimizning bunday yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligi nafaqat uning, balki qavmu qarindoshlarining ko‘ngliga ham shodumonlik olib kirdi.

Marg‘ilonlik 36 yoshli Gulnora Bannopova 4 yoshida baxtsiz hodisa bois bir oyog‘idan ajralgan, protez bilan harakatlanadi. Bu ayol turmushga chiqib ham ro‘shnolik ko‘rmadi: 2 o‘g‘il, bir qizi bilan ijarama-ijara yurishga majbur bo‘ldi.

– Ikki xonali zamonaviy xonadonning kaliti bugun qo‘limda, – deydi Gulnora Bannopova. ­– Ijarama-ijara sarson bo‘lish, tor va zax xonalarda tiqilib kun kechirish ortda qolgani uchun shukronalar aytaman. Men uchun hayot endi boshlandi.

35 yoshli Muhabbat Rahmonova ham 8 yoshida taqdirning og‘ir sinoviga uchragan – I guruh nogironi. Uch sotixli hovlida 4 oila – jami 14 insonning tiqilib kun ko‘rishi uning yuragini ikki karra ezardi. Prezident e’tibori bu qizning ko‘nglini ham tog‘dek ko‘tardi. Marg‘ilon shahridan zamonaviy uy-joy ajratilgach, uning yuz-ko‘zidagi tushkunlik kayfiyati chekindi, qalbiga yorug‘lik indi, hayotiga mazmun.

Bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimi SH.G‘aniev so‘zga chiqdi.