Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zA: Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 55 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi

×

 2019-02-27 19:58:08    305

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyatida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash borasidagi muhim vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Unda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarov, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari F. Qosimov va boshqalar mazkur Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimiz hududlari va tarmoqlarda muhim vazifalar belgilangani, xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Tadbirda Davlat dasturida belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlashda tizimli monitoring olib borish mexanizmlarini yanada kuchaytirish, aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Mamadalievning ta’kidlashicha, joriy yilda viloyatda 55 ming 674 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Mehnat bozorida faol tadbirlarni amalga oshirish natijasida esa 34 mingta fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatga 37,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Seminarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlarining mas’uliyati xususida ham so‘z yuritildi.

Taqdimotlarda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.