Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

OʻzA: Qirgʻiziston va Tojikiston yoshlari tantanali kutib olindi

×

 2019-03-11 11:28:17    179

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʻona shahrida boshlanadigan “Kelajakni terrorizmsiz quramiz!” shiori ostidagi xalqaro festivalning ishtirokchilari – Tojikistonning Soʻgʻd viloyati, Qirgʻizistonning Oʻsh, Jalolobod, Botken viloyatlarining bir guruh yoshlari chegara postlarida tantanali kutib olindi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar bugun oʻz samarasini bermoqda. Ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro ishonch va doʻstlik anʼanalari asosida turli sohalarda yoʻlga qoʻyilgan aloqalar bunga katta zamin hozirladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yoshlar oʻrtasida bu kabi festivallarning oʻtkazilishi ham terrorizm va turli tahdidlarga birgalikda kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Festivalga tashrif buyurgan Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyatining yoshlar delegatsiyasi Fargʻona tumanidagi “Vodil” chegara postida katta shodiyona bilan kutib olindi. Unda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ikki kun davom etadigan xalqaro yoshlar festivalida “Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv seminari hamda “Biz kelajakni birgalikda bunyod etamiz” shiori ostida yosh olimlarning innovatsion gʻoyalari, tadbirkor va hunarmand yoshlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, festival ishtirokchilaridan iborat jamoalar oʻrtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi musobaqalari oʻtkazilib, “Doʻstlik” kubogi tashkil etiladi.

Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida festival ishtirokchilari va yoshlar uchun konsert dasturi namoyish etiladi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini mustaqillik yillarida Fargʻona shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy obidalar bilan tanishtirish maqsadida viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtiriladi.