Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Mart 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Xalq soʻzi”: Fargʻonada xalqaro yoshlar festivali boʻlib oʻtmoqda

×

 2019-03-11 11:31:52    67

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʻonada “Kelajakni terrorizmsiz quramiz!” shiori ostida xalqaro yoshlar festivali boʻlib oʻtadi. Festivalda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalarining chegaradosh hududlaridagi davlat boshqaruvi organlari, yoshlar tashkilotlari, milliy-madaniy markazlar, huquqni muhofaza qilish organlari, diniy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yoʻnalishida ilmiy-amaliy tajribaga ega mutaxassislar, talaba yoshlar qatnashishadi.

Maqsad 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining 5-bandida ilgari surilgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashga qaratilgan.

Ikki kun (11-12-mart) davom etadigan mazkur xalqaro festivalda “Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv-seminari hamda “Biz kelajakni birgalikda bunyod etamiz!” shiori ostida yosh olimlarning innovatsion gʻoyalari, tadbirkor va hunarmand yoshlar koʻrgazmalari tashkil etiladi. Shuningdek, “Doʻstlik” kubogi uchun festival qatnashchilaridan iborat jamoalar oʻrtasida sportning minifutbol, voleybol, stol tennisi musobaqalari uyushtiriladi.

Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida festival ishtirokchilari va 20 mingdan ortiq yoshlar uchun shou-konsert dasturi namoyish etiladi. Bundan tashqari, festival ishtirokchilarini Fargʻona shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy obidalar bilan tanishtirish maqsadida viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtiriladi.

Kutilganidek, bugun erta tongda Beshariq tumanidagi Andarxon chegara postida Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati delegatsiyasi, Vodil chegara postida Qirgʻiziston Respublikasi Batkent viloyati delegatsiyasi hamda Oʻsh va Jalolobod viloyati yoshlar vakillari Andijon viloyatining “Doʻstlik” chegara postida oʻzbekona urf-odatlar hamda anʼanalar asosida shodu xurramlik bilan kutib olindi.

Eslatib oʻtamiz, bugun 11:00 da ”Tadbirkorlar markazi”da uyushtiriladigan festivalning tantanali ochilish marosimidan soʻng Fargʻona tumanidagi “Qabullar uyi”da “Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar boʻlib oʻtadi.

Saytimizni kuzatib boring, xalqaro festival doirasidagi muhim uchrashuv va yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.