Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONADA BAYRAM TANTANALARI ShUKUHI

×

 2019-05-10 14:43:18    73

PDF yuklash
Chop etish



Shu yilning 8 may kuni viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bir guruhi 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizda bo’lib o’tadigan bayram tantanalarida ishtirok etishi uchun viloyat hokimligi, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda kuzatib qo’yildi.

Zamonaviy “Malibu” avtomashinalarida yo’lga chiqqan elimiz ardog’idagi qahramonlarimiz Toshkentdagi Botanika bog’ida o’tkazilgan bayram tantanasida qatnashib, Prezidentimiz bilan yuzma-yuz ko’rishish baxtiga muyassar bo’ldilar.

***

2019 yil 9 may. Farg’ona shahridagi Xotira maydoni har qachongidan fayzli va gavjum. Yurtimiz bahori o’z ko’rku tarovatini to’liq namoyon etgan go’zal xiyobonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, viloyatimiz faollari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar jamuljam bo’lishgan.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev ishtirok etdi va Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’ydi. Ikkinchi jahon urushida qurbon bo’lgan minglab hamyurtlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, moliya, bank, soliq idoralari, Farg’ona shahar hokimligi nomidan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi. Viloyatda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalari, faxriylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari haykal poyiga gulchambarlar qo’yib, xalqimizga xos hurmat va ehtirom tuyg’ularini namoyon etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tantanali saf tortib o’tdilar.

Shu kuni Xotira maydoni urush yillaridagi muhitni aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari bilan bezatildi. Qo’mondonlik shtabi, tibbiyot punkti, dala oshxonasi, harbiy texnika va qurol-aslahalar joylashtirildi. Jang maydonlarida o’zbek askarlari ko’rsatgan mardlik va jasorat, ota-bobolarimizning frontorti mehnat faoliyati, urush azob-uqubatlarini boshidan kechirgan oilalar hayoti aks ettirildi.

-  Bu kabi o’ziga xos yondashuvlar hamyurtlarimiz, ayniqsa, yangi avlod qalbida mardlik va jasorat, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalaydi,-deydi harbiy xizmatchi Ruslanbek Sherimbetov. – Bugun yuzlab o’quvchi yoshlarimiz bobolarimizning urush yillaridagi qahramonliklari borasida aniq tasavvurga ega bo’lishdi, o’sha davr qiyinchiliklari va mashaqqatlarini yaqqol his etishdi.  Tadbirda qatnashib unutilmas taassurotlarga ega bo’lishganini ta’kidlashdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan bayram arafasida o’ng minglab hamyurtlarimizga “Sharaf lentasi” tarqatildi. Turli aktsiya va tadbirlar tashkil etilib, ushbu bayram mohiyatini katta kichik o’rtasida keng targ’ib etishga muvaffaq bo’lishdi.

-  Bunday bayramlar navqiron avlod uchun chinakam ibrat maktabidir,-deya suhbatimizni davom ettiradi O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mutaxassisi Sarvinoz Rasulova. – Bugungi tadbir ham yoshlarning faolligida o’tmoqda. Bu kabi bayram taassurotlari bizni yurt ravnaq-rivoji yo’lidagi sa’y-harakatlarda yanada fidoyi bo’lishga undaydi.      

***

Farg’ona shahridagi “Jasmin” tantanalar majmuasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, frontorti faxriylari, mustaqillik yillarida  jasorat va mardlik ko’rsatgan harbiy xizmatchilar uchun viloyat hokimligi tomonidan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tantanada viloyat hokimi Shuhrat G’aniev bayram ishtirokchilarini Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etdi. 

Bayram tadbirida viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan Ikkinchi jahon  urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Tantanada farg’onalik san’at ustalarining chiqishlari faxriy otaxonlarni davraga chorladi. Qo’shiqlarda ham tinchlik, bugungi baxtli hayotimiz tarannum qilindi. Urush davri musiqalari va ashulalari, teatrlashtirilgan tomoshalar ijro etildi. Urush va mehnat faxriylarining kuy-qo’shiqlarga hamohang raqslarini barcha birdek olqishladilar.

-  Bu kunni har qancha bayram qilsak arziydi,-deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Quvasoy shahrida yashovchi 97 yoshli Orif ota Mo’minov. – Bugun rosa o’ynadim. Urushning achchiq xotiralari biroz unutildi. Ota yurtiga qaytish nasib etmagan quroldosh do’stlarning ruhi shod bo’lsin. Shunday dorilomon kunlarga etib kelganimizdan behad mamnunmiz.

Urush yillari xotiralari va bugungi tinch-farovon hayot qadrini ulug’lovchi badiiy dastur qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.    

Botir MADIYoROV,

Sohiba ABDURAHMONOVA,

“Farg’ona haqiqati” maxsus muxbirlari.

Suratlarni Sherzod QORABOEV olgan.