Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

VILOYАT HOKIMINING NAVBATDAGI QABULIDA...

×

 2019-11-07 18:57:47    40

PDF yuklash
Chop etish


Farg'ona viloyati hokimi Shuhratjon G'aniev 2019 yil 7 noyabr kuni Farg'ona shahrida sayyor qabul o'tkazib, unda Farg'ona va Marg'ilon shaharlari, Farg'ona, Quva, Oltiariq, Rishton, Qo'shtepa tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko'rib chiqildi.

 

Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Saida Ne'matjonova kir yuvish kukuni (sodasi) ishlab chiqaradigan 5 ta ish o'rinli kichik korxona tashkil qilgan. Lekin joy masalasi muammo bo'lgan. Viloyat hokimi Sh.G'aniev Farg'ona shahridagi erkin iqtisodiy sanoat hududidan tegishli maydonga ega xonalar ajratish haqida ko'rsatma berdi. Tadbirkor ishlab chiqarishni yo'lga qo'yib olguncha joyga ijara to'lovi olinmaydigan bo'ldi.

-Men muammoim shu qadar tez hal bo'lishini kutmagan edim, hokimimizdan cheksiz minnatdorman, -deydi Saida Ne'matjonova.

Lolaxon Xolmatova qabuldan chiqar ekan ko'zlari yoshga to'ldi.

-Arzimni xech kim qanoatlantirmayotgan edi. Hokim meni tinglab bir oz sukut saqladilar. Bu erdan ham najot bo'lmasmikan, deya qo'rquvga tushdim o'shanda. Yo'q, hokim korxona rahbarlaridan biriga qat'iy topshiriq berdi.

-Sizning ish o'rningiz saqlab qolinadi! – dedi u menga.

Lolaxon bu so'zlarni aytar ekan o'zini tuta olmasdi. Axir u xali homilasi dunyoga kelmay beva qoldi. Keyin o'zi ishlab bir xonali uyda farzandini tarbiyaladi. Endi esa oliy o'quv yurtiga shartnoma asosida qabul qilingan dilbandi uchun ham ko'proq ishlashi kerak. Shunday paytda... unga FNQIZda ish o'rinlari qisqarayotgani haqida rasman ogohlantirish berilgandi.

 Hokim qabulida o'tirgan ayolning ichki kechinmalari, iztiroblarini yuragidan o'tkazdi chog'i, o'sha sukut saqlagan bir necha soniyada.


Qabulda jami 75 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 43 ta murojaat kelib tushdi. Arzlarning 12 tasi joyida ijobiy hal etildi, 31 tasi yuzasidan mas'ul boshqarma va tashkilot rahbarlariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Jumladan,  Farg'ona shahridagi Salieva Tamaraning uyini ta'mirlash uchun kredit, marg'ilonlik Badalova Gulbaxorga farzandini davolatish uchun moddiy yordam, Qo'shtepa va oltiariqlik Abdullaev Mirzanazar va Abdullaeva Arofatxonlarni ish bilan ta'minlash, marg'ilonlik Komilova Muazzamxonga dehqon bozoridan savdo qilishi uchun joy berish kabi masalalar echimini topdi.


Yana bir gap. Viloyat hokimi qabuliga kelganlar orasida aslida masalasini joylardagi mutasaddilar, jamoat tashkilotlari hal qilsa bo'ladigan murojaatchilar ham bor edi. Bir xonadon kelini qaynotasi bilan birga yashay olmasligi, tadbirkor R.S tuman veterinariya idorasi tasarrufidagi binolarning birini unga faoliyat ko'rsatish uchun olib berilishini, S.M. mahallasidagi anhorda o'g'irlab ketilgan ko'prikni topishni... so'radilar.

Hokim barcha arzlarni bosiqlik bilan tingladi.

-Bizga ishonib, bizdan yordam kutib kelishibdi, demak bajaramiz, - dedi u viloyat mas'ullariga.

 

Farg'ona viloyat hokimligi Axborot xizmati