Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yangi elektr podstantsiyasi foydalanishga topshirildi

×

 2019-11-11 08:43:35    75

PDF yuklash
Chop etish


Xalq xo'jaligining biror bir sohasini, qo'yingki, hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining rivoji, turmushimiz farovonligi ham elektr energiyasi bilan bevosita bog'liq. Ma'lumki, Prezidentimizning 2017 yil 7 avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko'rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Urgut”, “G'ijduvon”, “Qo'qon” va “Hazarasp” erkin iqtisodiy zonalarining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan qarorlariga muvofiq, “Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi” faoliyat ko'rsatmoqda.


Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi o'z ichiga ikkita, ya'ni “A” va “V” zonalarini birlashtirgan 110G'10 kVli “Qo'qon EIZ” podstantsiyasi ishga tushirilishi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Sh. M. G'aniev, viloyat tashkilotlarining rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Qo'qon erkin iqtisodiy zonasida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini hamda aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, bu borada jonbozlik va fidoyilik ko'rsatgan “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Farg'ona xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ barcha ishchi-xodim energetiklariga minnatdorchilik bildirdi.

Elektr podstantsiyasining “A” zonasida elektr ta'minoti bo'yicha quvvati 630 kVA bo'lgan ikkita transformator, 19 dona zamonaviy yacheyka va elektr qurilmalari o'rnatildi. Tadbirkorlarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 2 zanjirli 110 kVli uzunligi 1,1 km bo'lgan elektr uzatish tarmoqlari qurildi.



“V” zonada esa 110G'10 kVli quvvati 25000 kVA bo'lgan ikkita kuch transformatoridan iborat podstantsiya qurilib, 4,2 km masofada 2 zanjirli 110 kVli elektr uzatish tarmoqlari qurilish-montaj ishlari yakunlandi. 24 dona temir-beton tayanchlar o'rnatilib, uzunligi 1,5 km. bo'lgan elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, elektr podstantsiyasining ishga tushirilishi nafaqat erkin iqtisodiy zonadagi tadbirkorlar uchun, balki atrof hududda yashovchi aholi uchun ham katta qulaylik yaratdi.

Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati