Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Jurnalistlar Farg'ona sporti yutuq va istiqbollari bilan tanishdi

×

 2019-11-27 10:26:09    45

PDF yuklash
Chop etish



O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jurnalistlar ishtirokida yangi loyihani boshladi. Unda Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama sog'lom tarbiyalashga qaratilayotgan e'tibor natijasida viloyatlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasi bilan jurnalistlarni batafsil tanishtirish maqsad qilingan.

Shu maqsadda 22 noyabr kuni poytaxtda faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar Farg'ona viloyatida bo'ldi.

Zamonaviy poezdda Marg'ilonga etib kelgan jurnalistlar Farg'ona xalqiga xos mehmondo'stlik – karnay-surnay sadolari, non-tuz bilan kutib olindi. Dastlab shahardagi 2-son bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyati bilan tanishildi.

Sport muassasasi 550 o'rinli bo'lib, yoshlarga 40 ga yaqin murabbiylar sport sirlaridan saboq berib kelmoqda.

 

 – Maktabimizda 1200 dan ziyod yigit-qiz sportning 18 turi bilan shug'ullanadi, – dedi Ahtam Rahmonov. – Keyingi yillarda yoshlarimizda sportga qiziqish ortmoqda. Shunga yarasha sharoitlarimiz ham yaxshilangan. Bugun sport bilan shug'ullanaman, sog'lom kamol topib, Vatanim dovrug'ini dunyoga tanitaman, degan yoshlar uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Bu erda viloyat, hatto mamlakat miqyosidagi sport musobaqalarini tez-tez o'tkazish yaxshi an'anaga aylangan. Bugun ham boks bo'yicha O'zbekiston kubogi uchun musobaqa o'tkazilayotgan ekan. Jurnalistlar musobaqani bir muddat tomosha qildi.

Sport maktabi direktorining alohida faxr bilan aytishicha, har kuni ertalabki ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Bu mashg'ulotlarda yaqin-atrofdagi mahallalar aholisi, jumladan, keksalar, uy bekalari ham ishtirok etar ekan.

 

 Ahtam akadan sport maktabida kamchiliklar ham bormi, inventarlar, murabbiylar etarlimi, deya so'rasak, “Yo'q, hamma muammoga echim topish mumkin. Buning uchun atrofimizda fidoyi murabbiylar, sport jonkuyarli bo'lsa, bas” deya javob berdi.

Jurnalistlar Marg'ilondan Farg'ona shahriga yo'l oldi. Mayin kuz yomg'iri kishi qalbiga xush yoqadi. Farg'ona kun sayin chiroy ochmoqda. Yangi uylar qurilgan, ular atrofida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlaridan ko'z quvnaydi. Shunday ajib manzaralarni tomosha qilib shahar ko'rkiga ko'rk bo'lib qo'shilgan ko'p tarmoqli sport majmuasiga etib keldik.

Bu sport majmuasi yaqinda foydalanishga topshirilgan ekan. Majmua direktori Baxtiyor Hakimovning ma'lumot berishicha, qurilish uchun 45 milliard so'm mablag' yo'naltirilgan. Hali qo'shimcha inshootlar qurish davom etadi. Hozircha bu erda 4 sport zali, xalqaro standartlarga mos jihozlangan 3 ming muxlisni sig'dira oladigan yirik sport zali faoliyat boshlagan.

Mavjud sport zallari asosan yakka kurash sport turlari bilan shug'ullanishga mo'ljallangan.

 

 Bu erda shug'ullanayotgan yoshlar uchun tibbiyot xonasi zarur dori-darmonlar bilan ta'minlangan, shifokorlar nazorati yo'lga qo'yilgan. Kiyinish va yuvinish xonalaridagi jihozlar juda zamonaviy va sifatli qurilgan. Endi ularni asrab-avaylash bu erda shug'ullanayotgan yoshlarga bog'liq.

Jurnalistlar Quvasoy shahridagi “Vodiy tulporlari” ot sporti majmuasida ham bo'ldi. Prezidentimizning Qorabayir otlarini ko'paytirishga doir farmoni asosida tashkil etilgan bu majmuada 48 naslli ot parvarishlanmoqda. Ular asosan Qorabayir zotli otlardir. Majmuada xalqaro miqyosda musobaqalar o'tkazish uchun barcha sharoit etarli. 15 o'g'il-qiz ot sporti bilan shug'ullanadi.

Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati