Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xitoyning SSESS kompaniyasi Farg'onada

×

 2019-12-12 11:22:13    305

PDF yuklash
Chop etish


Xitoy Xalq Respublikasi Temir yo'llari vazirligining tashqi yordam bo'limi bo'lgan Xitoy Qurilish Korporatsiyasi (SSESS)ning bir guruh vakillari Farg'ona viloyatiga tashrif buyurishdi.

 

 Xitoyning temir yo'llarni qurish bo'yicha yuqori malakaga ega bo'lgan bu yirik davlat korxonasi  uzluksiz rivojlanib bormoqda. Mazkur kompaniyaning faoliyat doirasi Osiyo, Evropa, Afrika, Amerika va Okeaniya kabi mintaqalarga taaluqlidir. Bugungi kunga qadar SSESS dunyoning  94 mamlakati va mintaqalarida o'z filiallari va vakolatxonalarini ochgan. Kompaniya shuningdek, infratuzilma ob'ektlarini loyihalash va qurish bo'yicha ham yuqori malakaga ega, shuningdek loyihalarni moliyalashtirish borasida katta tajriba orttirgan.

 

-Bugun Farg'ona viloyatida 400 ga yaqin qo'shma korxonalar faoliyat yuritayotgan bo'lsa, ular ichida Xitoy kapitali ishtirokidagi qo'shma korxonalar izchil faoliyat ko'rsatayotgani, ichki va tashqi bozorga mahalliylashtirilgan mahsulotlar etkazib berayotgani bilan ajralib turadi,-dedi mehmonlarni rasman qabul qilar ekan Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniev.- Viloyatimizda  3 million 800 mingdan ortiq aholi yashaydi. Suvoqava tozalash inshootlari tizimini kengaytirish, mavjudlarini mukammal ta'mirlash oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Bu sohada sizlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

 

   - SSESS kompaniyasi vakillari shu yilning avgust oyida Farg'onada bo'lib o'tgan iqtisodiy forumda ishtirok etishgan edi, -deydi kompaniya bosh direktori o'rinbosari Tszyan Aymin. - O'shandayoq biz Farg'ona viloyatida 100 million dollarlik infratuzilma inshootlarini qurish va qayta ta'mirlash to'g'risida memorandium imzoladik. Sentyabr oyida esa mutaxassislarimiz bu erga kelib hamkorlikda loyiha tayyorlashdi. O'ylaymanki, kompaniyamiz uni kelgusi yilda amalga oshirishga erishadi.    

 

 Uchrashuv chog'ida har ikkala tomonlar dastlabki texnik-iqtisodiy loyiha taklifining texnik tafsilotlarini kelishish va loyihani ishlab chiqish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni belgilash, viloyatimizda oqava suv va tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni belgilash, suv ta'minoti va kanalizatsiya bo'yicha hamda boshqa kommunal loyihalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish xususida kelishib oldilar.

     Muzokaralar chog'ida nafaqat shaharlar, balki viloyatdagi bir qancha tuman markazlarida suvoqava tizimlarini yangitdan qurish masalasi ham muhokama etildi.    

                  Farg'ona viloyati hokimligining Axborot xizmati