Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

 “FARG’ONA VILOYATI HOKIMI KUBOGI-2020”: ERTAGA FINAL

×

 2020-02-06 16:30:58    245

PDF yuklash
Chop etish


26 yanvar kuni boshlangan “Farg’ona viloyati hokimi kubogi-2020” musobaqasi ham o’zining poyoniga yetib bormoqda. Mazkur futbol bayramidan farg’onalik sport ixlosmandlari bir olam zavq olishmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final bahslari o’tkazildi. Aytish joizki, final ostonasiga qadar kuchli tayyorgarlikka ega bo’lgan jamoalargina yetib kelishdi. Birinchi yarim finalda ikki azaliy raqib – Farg’onaning “Neftchi” va Qo’qonning “Qo’qon-1912” jamoalari maydonga tushishdi. Ma'lumot o’rinda shuni aytish joizki, o’zbek futbolining vatani sifatida e'tirof etiladigan qo’qonliklar musobaqaning amaldagi g’olibi sanalishadi.“Neftchi” jamoasi esa “Farg’ona viloyati hokimi kubogi”ning ko’p karra sohibi sifatida tarixdan joy olgan.



Bundan tashqari, “viloyat derbisi” nomini olgan ushbu qarama-qarshilik har doim har qanday musobaqada murosasiz tarzda o’tib kelgan. Bugungi uchrashuv ham oldingilaridan aslo qolishmadi. Ilk daqiqalardan jamoalar hujumkorlikka e'tibor qaratishdi.

          O’yindan raqibidan ustunroq kelgan “Neftchi” jamoasi penaltilar seriyasida g’alaba qozonib, finalga yo’llanma oldi.



Ikkinchi finalchi nomi esa “Istiqlol” – “Turon” bahsida aniqlandi. O’z oldiga jidiy maqsadlarni qo’yayotgan Yaypanning “Turon” jamoasi ushbu musobaqada yaxshi taassurot qoldirmoqda.

“Istiqlol” jamoasining qanday kuchga ega ekanligini esa farg’onalik futbol ixlosmandlari yaxshi bilishardi. Quvasoyda o’tkazilgan ikkinchi yarim final bahsi ham shiddatli va keskin kurashlar ostida o’tib, “Turon” jamoasining 1:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.



Shunday qilib ertaga bo’lib o’tadigan final uchrashuvida “Neftchi” va “Turon” jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.

Ertangi uchrashuv Farg’ona Davlat Universiteti stadionida bo’lib o’tadi.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube