Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

PREZIDENTIMIZGA RAHMAT!

×

 2020-02-07 17:01:05    420

PDF yuklash
Chop etish


Hayotda kechirimli bo’lish, bilib-bilmay qilingan xatoga chin dildan pushaymon bo’lish bularning barchasi insoniy fazilatga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevral kuni “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan bir guruh shaxslarni avf etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan edi.

Farmonga muvofiq avf etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Avf etilganlarning 2 nafari ayollarni tashkil etadi. Ular orasida Farg’onalik 12 nafar yurtdoshlarimiz ham bor.





Viloyat hokimi o’rinbosari J.Xatamov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar vakillari ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

1974 yilda tug’ilgan Rustamjon Hasanov oilada 9 nafar farzandning kenjasi. Rustamjonni oila-a'zolari, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’lar xursandchilik bilan kutib olishdi.





- Dadam ukamni umrining oxirgi kunlarigacha intizorlik bilan kutdi. Prezidentimizga mingdan ming rahmat aytamiz. Jigarimiz sog’-salomat bag’rimizga qaytdi. Endi to’y qilamiz, uni uylantirish harakatiga tushamiz, - deydi Rustamjonning opasi Mavludaxon opa Mirzayeva.





Marg’ilon shahrining Bobur nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Sodiqjon Vahobov ham Prezidentimizning avf etish to’g’risidagi Farmoni sabab bugun o’z oilasiga qaytdi.





- Uch nafar qizim, 1 nafar o’g’lim bor. Ko’rib ko’zim quvonyapti. Farzandlarim o’zidan ko’payishgan, nevaralarim bor. Hechdan ko’ra kech, deyishadiku. Qo’limda qandolatchilik hunarim bor. O’g’lim bilan shu hunarimni yanada rivojlantirib, oilamga, yurtimga foyda keltirish niyatidaman,
- deydi S.Vahobov.





Farg’ona viloyatining Qo’qon shahar, Oltiariq,O’zbekiston, Farg’ona, Quva tumanlaridagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, to’liq chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va bepul davolanishi, bandligini ta'minlash hamda fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish, yashash hududlaridagi faol shaxslardan murabbiylar biriktirish kabi qator masalalar o’z o’rnida hal etildi.





Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan har bir oilaga moddiy ko’mak ham ko’rsatildi.


Farg’ona viloyat hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Веб сайт, YouTube