Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

MAHALLA RAISI – DAVLAT IDORASINING VAKILI

×

 2020-02-07 21:37:58    193

PDF yuklash
Chop etish


Kaftek tomorqasiga urug’ qadagan kishi mehnatining rohatini ko’radi. Avvalo, xo’jalik ehtiyoji uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun bozorga borishga hojat qolmaydi. O’zidan ortinib yaqinlariga ulashadi, bozorda sotib daromad ko’radi. Oiladagi kattalar mehnati, izlanishlarini ko’rib ulg’aygan yoshlar ham halol mehnat qadr-qim-matini his etib yashaydi.

 Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi ”Dehqon xo’jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan bo’lib o’tgan anjumanda viloyatdagi mahalla raislari ishtirokida aholi o’rtasida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, tomorqadan foydalanishda mavjud imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanish, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishda hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish masalalari  muhokama qilindi.

ERI BOR ODAM NEGA BOQIMANDA?

So’nggi yillarda aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, aholi shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Chunki tomorqadan samarali foydalanish, yuqori daromad beradigan qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish, moddiy - texnika resurslarini tizimli yetkazib berish orqali ichki iste'mol va eksport uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmini ko’paytirish bugungi kunning muhim amallaridan.

To’rt sotix yeri bor odam nega boqimanda? Mahalla fuqarolar yig’ini mas'ullari nima bilan band? Mahalladagi ijtimoiy holatga kim javob beradi?

— Avvalo, mazkur dolzarb masala ilk bor Prezidentimiz tomonidan kun tartibiga ko’tarildi. Endi biz ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish,insonning ichki kuch-quvvati, salohiyatini ro’yobga chiqarish yo’lida imkoniyatlar yaratib berishimiz zarur, — dedi viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev. — Buning uchun hamma sharoit, imkoniyatlar bor. Faqat undan samarali foydalanish, yangi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish lozim. Bu ishlarni samarali tashkil etishda eskicha usulda ishlab bo’lmaydi. Endilikda har bir mahalla, ko’cha, har bir oila imkoniyatlari hisobga olingan holda ish tashkil etish tizimi yaratildi. Bunda nafaqat mahsulot yetkazib berish, balki xizmat ko’rsatish, xarid qilish omillari ham inobatga olindi.

Joylarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” ish samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi. Tomorqa egalari va xizmat ko’rsatuvchi tizim hamjihatlikda ish olib boradi. Eng muhimi, etishtirilgan har bir mahsulotga xaridor bor. Ayni kunda viloyatimizda 250 tonna mahsulot sig’imiga ega bo’lgan muzlatgichlar ishga tushirilgan. Ammo bu omborlarning 225 tonnasi bo’sh turibdi. Ayrim tomorqa egalari esa ekin maydoniga terak ekib qo’yib, undan samarali foydalanmay kelmoqda.

 Yig’ilishda bunday holatlar bilan murosa qilib bo’lmasligi, bunda mahalla fuqarolar yig’ini raislari mas'uliyatini oshirish, har bir mahalla kesimida “To’qchilik va yo’qchilik” haqida so’z yurtilib, mahalla fuqarolar yig’inlari ish faoliyati ana shu omillar asosida belgilanishi aytildi.

Viloyatimizdagi 584,3 ming xonadonda 41 ming gektar tomorqa maydonlari bor. Erta bahorda tomorqalarining 23 ming gektariga sabzavot, kartoshka, dukkakli ekinlar, poliz va moyli ekinlar ekiladi. Bundan tashqari, 26 ming gektar takroriy maydonlarga sabzavot va boshqa ekinlar joylashtirilishi hisobiga 990,9 ming tonna qishloq xo’jaligi va oziq- ovqat mahsulotlari yetishtirilib ularning 757,7 ming tonnasi ichki iste'mol bozoriga, 233 ming tonnadan ortig’i eksportga yo’naltiriladi. Bu maqsadlar uchun sara urug’, yoqilg’i, mineral o’g’itlar yetkazib berish choralari belgilab berildi.

JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh MUHIM

Yig’ilishda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda mahalla fuqarolar yig’inlari va huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish muhim ekanligi ta'kidlab o’tildi.

Hisobotlarga ko’ra, o’tgan yilda umumiy jinoyatchilik bilan bog’liq bo’lgan holatlar 283 taga kamaygan, 432 ta mahalla jinoyatdan xoli hudud sifatida e'tirof etildi.  Joriy yilning dastlabki oyida esa 961 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi. Lekin 68 ta mahalla fuqarolar yig’inida bu ko’rsatkich birmuncha oshgan. Ayniqsa, qotillik, bosqinchilik jinoyatlarining oshib borayotgani hushyorlik, ogohlikka chorlaydi. Jinoyatga yetaklovchi omillarning asosini bekorchilik, e'tiborsizlik, nazoratsizlik tashkil etadi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan mutasaddilar bu illatga qarshi kurashishda avvalo ota-onalar mas'uliyatini oshirish, mahalla va uchastka profilaktika nozirlari, keng jamoatchilik o’rtasida hamjihatlik ishlarini kuchaytirish, jinoyatga moyil bo’lgan oilalar, yoshlar bilan alohida ish olib borish bugungi kunning muhim masalalaridan ekanligiga e'tibor qaratishdi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube