Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

DEPUTATLAR SO’ROV O’TKAZGANDA...

×

 2020-02-11 15:30:37    263

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda ilgari surilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bu jamiyatni raqamlashtirish hisoblanadi. Bu o’z navbatida barcha sohalarga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni talab etadi.

Doniyor G’aniyev boshchiligidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar guruhi 7-10 fevral kunlari Elektron hukumat sohasi amaliyotiga oid qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi samaradorligini o’rganish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Farg’ona viloyat boshqarmasi hamda Uchko’prik, Bag’dod, Yozyovon va Oltiariq tumanlari Davlat xizmatlari markazlari faoliyati samaradorligi borasida so’rovnomalar o’tkazdi.

Uning yakunlari bo’yicha Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Farhod Toshpo’latov ishtirokida deputatlar guruhida muhokama qilindi. Uchrashuvda deputatlar Farg’ona viloyati fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlariga murojaati bo’yicha respublikada yetakchi o’rinda turishi, viloyatdagi 16 ta shahar va tumanlarda Davlat xizmatlari markazlari uchun zamonaviy tipdagi yangi bino qurib berilganligi va murojaatchilar hamda DXM xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilganligi e'tirof etildi.

Shu bilan birgalikda 3 ta hududlarda DXMlar uchun yangi bino qurish ishlari kechikkanligi, DXMlarida davlat xizmatlarini integratsiyalashgan tartibda taqdim etish uchun ayrim viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan sustkashlikka yo’l qo’yilayotganligi, bunda fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini yangi tartibga asosan almashtirishning oxirgi muddati joriy yilda yakuniga yetishini inobatga olgan holda IIB YHXB ma'sul xodimlari mas'uliyati haqida so’z yuritildi.

 Davlat xizmatlari markazlari va mas'ul tashkilotlarni yuqori tezlikdagi internet tarmog’i bilan ta'minlash maqsadida optik tolali tarmoq tortish ishlari to’la amalga oshirilmaganligini, bu vazifalar viloyatda raqamli iqtisodiyotni joriy etishdagi eng yirik muammolardan biri ekanligi aytildi. Bundan tashqari so’rovnoma natijalari bilan ayon bo’lgan davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasi o’ta pastligi aholi savodxonligi bilan bog’liq bo’lib qolmoqda. Bu holatni bartaraf etib borish uchun davlat xizmatlaridan my.gov.uz – yagona davlat interaktiv xizmatlar portali va my gov – mobil ilovasidan foydalanish borasida reklama roliklarini OAVlarda keng targ’ib qilish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube