Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONALIKLAR HASHARDA FAOL ISHTIROK ETDI

×

 2020-03-16 12:05:48    211

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish xayriya hashari aktsiyasini o’tkazish to’g’risidagi farmoyishiga asosan umumxalq hashari Farg’ona viloyatida ham hamyurtlarimizning faolligi va uyushqoqligi bilan o’tdi.

Erta tongdanoq viloyat ahli ko’tarinki kayfiyat, o’zgacha shukuh bilan ishga kirishdi. Xonadonlar, korxona-muasssalar bino-inshootlari yon atrofini supurib-sidirishdan boshlangan umumxalq xayriya hashari keng quloch yoydi. Joylarda mavjud yer maydonlari chopildi, daraxtlarga shakl berildi va oqlandi, ichki ariqlar tartibga keltirildi, hududlar axlat-chiqindilardan tozalandi va maxsus avtomashinalarda maxsus joylarga olib chiqib tashlandi. Ishlab chiqarish jarayonidagi viloyatdoshlarimiz esa har doimgidan ko’ra yanada unum bilan mehnat qildilar.

- Zavodimiz rahbarlari va ishchi-xizmatchilarining tashabbusi bilan korxona yaqin atrofdagi ko’chalarni, Qirguli mavzeidagi xiyobonlarni hamda Farg’ona shahrining Mustaqillik shaharchasidagi ko’p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish, obodonlashtirish, yerlarni yumshatish, axlat va chiqindilardan tozalash ishlarida qatnashdik, - deydi Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi direktori o’rinbosari B.Mo’minov. - Ikki kun davomida 4 ming 358 nafar neftchilarning kuchi bilan Qirgulida yaratilgan intensiv bog’da ham tashkil etilgan hasharda milliy qadriyatlarimiz o’z aksini topdi.

   Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida, mahallalari aholi yashash joylarida, tashkilot-muassasalarda, o’quv yurtlarida, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o’tdi. Buni aktsiyada 2 million 600 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz faol ishtirokidan ham bilish mumkin. Xayrli va ezgu ishlarda, ayniqsa, yosh avlod vakillari alohida namuna ko’rsatdilar.

Umumxalq xayriya hasharini o’tkazish shtabi ma'lumotiga ko’ra, ikki kun davomida viloyatimiz hasharchilarning g’ayrat-shijoati bilan 3 ming 600 gektar maydon obodonlashtirildi, 1 ming 500 kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi, 114 ta ziyoratgoh va qadamjolar, 947 ta qabristonlar tartibga keltirildi, joylarda 2 million 980 ming  tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Hashar yo’li bilan 1 ming 400 ga yaqin kam ta'minlangan, yakka-yolg’iz, boquvchisini yo’qotgan nuroniylar holidan xabar olinib, ularning 213,7 ming metr-kvadrat uy-joylari beminnat ta'mirlab berildi. Himmatli insonlar 2 ming 500 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga sahovat amallarini darig’ tutmadilar.

Shuningdek, hashar kunlari arafasida viloyatimizda 3 ta mahalla fuqarolar yig’ini binosi, 2 ta tibbiyot klinikasi, 5 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 2 ta mehmonxona, 3 ta tantanalar uyi, 1 ta savdo majmuasi, 25 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi, go’zallik saloni, savdo do’koni, qahvaxona foydalanishga topshirildi.

Xalqning birgalashib, bahamjihat va bir maqsadni ko’zlab yeng shimargani milliy qadriyatlarimiz bardavomligi yana bir bor namoyon etdi.

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

   FacebookTelegramVeb saytYouTube