Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SH.G’ANIYEV TIL VA ADABIYOTSHUNOS OLIMLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2020-06-29 16:13:10    19

PDF yuklash
Chop etish


Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot-kutubxona markazida “Millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tilshunos va adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar, umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari ishtirok etdi.

O’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro’-e'tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to’laqonli joriy etishni ta'minlash borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilgan “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni esa yangi bosqichni boshlab berdi. Albatta, bugungi kunda ona tilimizning sofligini saqlash har qachongidan muhim. Mazkur anjumanda shu boradagi muammolar va vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Tadbirda Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev ishtirok etib, o’zbek tilining nufuzini oshirish borasida qilinayotgan ishlarga alohida to’xtaldi.

-Tilimiz sofligini asrash, mavqeini ko’tarish uchun birgalikda qayg’urishimiz talab etiladi, -deydi viloyat rahbari. -Siz aziz ustozlar bilan bugungi uchrashuvimizning bosh maqsadi ham shu. Tan olish kerakki, bugungi kunda viloyatimizda mavjud bo’lgan ilmiy salohiyat va o’tkazilayotgan tadqiqotlarning barchasi ham jahon ilm-fan darajasiga to’la javob bermaydi. Shu sababli o’zbek tili va adabiyoti fanining nufuzini oshirishimiz, keng istiqbolli innovatsion ishlanmalarni amaliyotga samarali joriy etish yo’llarini topish lozim. Shunisi e'tiborliki, bugun rus, koreys, nemis, turk, ingliz kabi tillarni o’rganish uchun katta imkoniyatlar bor. Internetga kirib, qidiruvga berib ko’rilganda yuzlab, minglab audio, video darslarni, qo’llanmalarni ko’rish mumkin. Shunday ilovalar borki, telefonga muayyan tilda gapirilsa, dastur boshqa tilga sinxron tarjima qilib beradi. Nima uchun biz shunday imkoniyatlarni o’zbek tili platformasida yaratmasligimiz kerak? Nima uchun xorijlik o’zbek tiliga qiziquvchilar uchun elektron darslar, til o’rganishlari uchun qulay qo’llanmalar yo’q? Ularni yaratish oldimizda turgan muhim vazifalarning kichik bir yo’nalishi xolos.

Anjuman davomida Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida akademik Aziz Qayumov nomidagi “Ona tili” to’garagini tashkil etish, davlat muassasa, tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga amaliy yordam berish, viloyat miqyosidagi tarixiy manbalarni tadqiq etish, maktab o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanishlariga amaliy yordam ko’rsatish, ularga mahorat darslari o’tish kabi aniq takliflar bildirildi.

O’zbekiston xalq shoiri E. Siddiqova, Farg’ona davlat universiteti professori Y. Solijonov, Qo’qon davlat pedagogika instituti dotsenti Z. Qobilova va boshqalar davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish, umumta'lim maktablaridan ona tili o’qitishning sifatini yaxshilash bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bu borada adabiyotning o’rni muhim ekanligi, xususan, Qo’qon adabiy muhitini keng tadqiq etish zarurligi ta'kidlandi.

  Bir guruh tilshunos va adabiyotshunos olimlar viloyat hokimligining faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

       

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube