Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ONA VATAN ORZULARINGIZGA QANOT BERADI

×

 2020-06-29 20:14:03    28

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida bitiruvchi yoshlar viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev bilan samimiy muloqot qildilar.

Muloqot avvalida viloyat rahbari yigit-qizlarni 30 iyun –Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

“Qani, marhamat, yoshlar!”

Hokimning samimiy chorlovidan so’ng bitiruvchi yoshlar birma-bir so’z olib, kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan bog’liq savollar bilan viloyat rahbariga yuzlanishdi.

Tumandagi 9-o’rta ta'lim maktabi bitiruvchisi Durdona Mamadaminova Farg’ona davlat universiteti talabasi bo’lish orzusida. Oilaviy sharoiti tufayli xotin-qizlarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun imtiyozli kvotalar ajratish imkoniyatidan foydalanish yo’l-yo’riqlarini so’radi. O’zi yashab turgan mahalla fuqarolar yig’ini tavsiyanomasi bilan orzusi ushalishi mumkinligini eshitib, quvonib ketdi.

- Oilada 7 nafar qiz farzandmiz,-dedi 34-o’rta ta'lim maktabi bitiruvchisi Azizaxon Abdurahmonova – Opa-singillarimning bari kitobxon, ilm olishga qiziqishadi. Ikki opam Farg’ona politexnika instituti va Andijon davlat universitetida to’lov-kontrakt asosida o’qishadi. Talabalikka to’lov-kontrakt asosida qabul qilinsam ota-onamning meni o’qitishga imkoniyati yetmay qoladimi, deb qo’rqaman. O’qishimga ko’mak beradigan imtiyoz bormi?

-Albatta, bor! Axir bitta oilada ikki-uchtalab farzand oliygohda o’qisa, albatta, imtiyoz bo’ladi, –dedi hokim.

-Avvalo, davlat imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, talaba bo’ling. Siz aytganday vaziyatga tushib qolsangiz, Yoshlar ittifoqi albatta sizni qo’llab-quvvatlaydi, -dedi yoshlar yetakchisi Ahadjon Akbarov hokim so’zini tasdiqlab.

-Men jurnalist bo’lishni orzu qilaman.

Tumandagi 15-maktab bitiruvchisi Rayhona Xolmatova ezgu niyatlari va dil so’zlarini ana shunday qat'iyat bilan boshladi. U poytaxtimizdagi oliygohlarda o’qish istagi borligini, biroq pandemiya sharoitida bunga imkonsiz ekanligini aytdi. Farg’onadagi oliy o’quv yurtlarida esa jurnalistika fakultetlari ochilmagan. Endi yosh iqtidor egasining orzulari nima bo’ladi?

-Baxtingizga O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limining O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan alohida shartnomasi bor, -dedi viloyat jurnalistlari yetakchisi Muhammadjon Obidov. – Unga ko’ra, har yili 10 nafar viloyatimizning izlanuvchan, iqtidorli yoshlari mazkur universitetning sirtqi bo’limiga o’qishga kirishlari mumkin. Sizni Farg’onada, viloyat hokimligining bosh nashri –“Farg’ona haqiqati” gazetasida amaliyot o’tab, poytaxtda sirtqi ta'lim olishga taklif etamiz.

Bunday rag’batdan maqsadlari ro’yobini topgan yosh ijodkor   “Shijoatli, matonatli yoshlar kerak Vatanga, Yuragi o’t, sadoqatli yoshlar kerak Vatanga!” deya baralla she'r o’qidi.

        Uchrashuvda O’zbekiston-Koreya xalqaro universiteti prorektori Yu Song I ishtirok etib, bitiruvchilarni mazkur xalqaro oliygohda ta'lim olishga chaqirdi, imtiyozli talaba bo’lish imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

Oltiariqlik Nurxon Musayeva, Ra'no Qahramonova, Muyassar Solijonova, Ismigul Parpiyeva, Maftuna Foziljonova, Sherzodbek To’lqinov, Ramziddin Xudoyberdiyev singari  bitiruvchi yoshlar oliy o’quv yurtlariga kirishdagi imtiyozlar, oliygohlardagi ta'lim yo’nalishlari kvotalari, professional kasb-hunar maktablari faoliyati haqidagi savollariga mutaxassislardan qoniqarli javoblar olishdi.

-Barchangiz katta hayotga kirib kelyapsizlar, -dedi viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarga  – Oliy dargohlarda ilm olish orzusi qalbingizda jo’sh urib turibdi. Mana shu shijoatingiz so’nmasa, nasib qilsa, barchalaringiz, albatta, talaba bo’lasizlar va elimizga, yurtimizga nafi tegadigan avlod bo’lib kamol topasizlar, deb ishonaman.

Ochiq va samimiy ruhda o’tgan uchrashuv bitiruvchi yoshlarga yuksak maqsadlar sari intilishga katta kuch bag’ishlaydi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube