Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SHUHRAT G’ANIYEV: HAM ZAXIRA JOY, HAM IJTIMOIY HIMOYA

×

 2020-07-20 20:04:38    151

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirusga chalinganlar O’zbekistonda ham tobora ko’payib bormoqda. To’g’ri, Farg’ona viloyatining bu boradagi ko’rsatkichlari nisbatan odamda xotirjamlik tug’dirishi mumkin. Lekin aslida unday emas.

Bugun, 20 iyul kuni kechga tomon jami kasallanganlar 194, undan tuzalib chiqqanlar 174 nafar bo’lib, hozirda davolanayotganlar 19 tani tashkil etadi. Bir kishi vafot etgan. Og’ir yoki o’ta og’ir bemorlar yo’q. Ammo kasallanganlar bilan muloqotda bo’lganlar, ular esa oz emas, karantinda saqlanmoqda.

- Biz eng og’ir holatlarga ham tayyor bo’lishimiz lozim, - dedi viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev. – Buning uchun zudlik bilan 9600 ta zaxira o’rin joy tayyorlashimiz zarur.

Bugun kun davomida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Beshariq, Oltiariq, Farg’ona tumanlaridagi “Ona va bola”, “Bog’ishamol”, “Zilol”, “Chimyon”, “Temiryo’lchi”, “Nurafshon”, “Qiziltepa”, “Jahongirmirzo” kabi davlat va xususiy sihatgohlarda bo’ldi.

Ularning egalari bilan muzokaralar olib borildi. Karantin tufayli hozirda bu sihatgohlar dam oluvchilarni qabul qilmayapti. Lekin, binoni saqlash, kommunal to’lovlar, elektr energiyasi harajati, soliqlar, ish haqi..... to’lanishi lozim. Daromad bo’lmagach esa bu o’ziga xos muammoni keltirib chiqaradi. 

- Biz viloyatimiz uchun maxsus dastur-reja ishlab chiqdik, - deydi Shuhrat G’aniyev. – Bu sihatgohlarda tibbiyot talablariga mos, ya'ni bir kishilik va albatta sanitariya qulayliklari ichkarida bo’lgan xonalarni zaxiraga olish uchun o’zaro shartnoma tuzyapmiz. Bunda hokimlik har bir zaxira o’rni uchun 3 million so’m sihatgohga to’lab beradi. Sihatgoh esa, agarda zarurat tug’ilsa, koronavirusga qarshi kurash viloyat shtabi yuborgan bemorlarga shu xonalarni taqdim etadi. Ularni davolash yoki chegaralash bilan bog’liq masalalarni sog’liqni saqlash tizimi hal etadi. Shunday qilinsa ham zaxira joy hozirlanadi, ham vaqtincha ishlamay turgan sihatgohlar ishchi-xizmatchilari ijtimoiy himoyaga olingan bo’ladi. Ya'ni har bir joy uchun hokimlik to’laydigan mablag’ hisobidan ish haqi olib turadilar.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, odamlarimiz orasida sahovatpesha, tanti insonlar ham oz emasdi. Masalan, Oltiariqdagi “Jahongirmirzo” xususiy sihatgohi muassislari aka-uka Oybek va Erkinjon Ibrohimovlar talab darajasidagi 50 ta xonani zaxiraga bepul, hech qanday to’lovsiz ajratdilar.

- Davlatimz rahbari, viloyatimiz hokimi xalq salomatligini saqlash yo’lida shunchalar jon kuydirar ekanlar, nega biz chekkada turishimiz kerak? Kerak bo’lsa, sihatgohni to’lig’icha zaxiraga taqdim etamiz. Bizga hech qanaqa qoplama to’lov kerak emas. Kasallikka qarshi kurashga bizning hissamiz bo’lsin! – dedi oltiariqlik aka-uka Ibrohimovlar.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev zaxiraga tayyorlanayotgan har bir muassasani shaxsan o’zi tegishli mutaxassislar bilan birga o’rganib chiqmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati