Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SHUHRAT G’ANIYEV: FARG’ONA VILOYATIDA 12600 TA ZAXIRA JOY TAYYORLANDI.

×

 2020-07-28 18:40:29    95

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatidagi sihatgohlar tibbiyot talablariga javob berishi nuqtai nazaridan saralanib ularda koronavirusga chalinganlar, ular bilan aloqada bo’lganlar uchun 3000 ta zaxira joy tayyorlangani haqida avval xabar bergan edik.

- 1 avgustga qadar 12 600 ta zaxira joy tayyorlashni reja qilib olgandik, -dedi viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev. – Bu vazifa ado etilmoqda. Buning uchun viloyatdagi xususiy shifoxonalar ham jalb etildi. Mana bu yangi qurib bitkazilgan tibbiyot shifoxonasining o’zida davolash uchun 70 ta barcha sharoitlarga ega joy mavjud.

Farg’ona shahri markazida qad rostlagan 3 qavatli shifoxonada diagnostika, tahlil labaratoriyalari, videomuloqot uchun onlayn konferentsiya zallari ham mavjud. U to’lig’icha extimoliy extiyojni qoplash uchun zaxiraga olindi.

- Viloyatdagi 14 ta katta sport zallarida ham qayta moslashtirish ishlari yakunlanyapti. Birgina Farg’ona shahridagi 8 ta sport saroylarida bemor yoki ular bilan aloqada bo’lganlar uchun bir necha ming zahira joy hozirlandi, -deydi koronavirusga qarshi kurash viloyat shtabi rahbari, hokim o’rinbosari Fayzullo Qosimov.

Farg’ona shahridagi Olimpia zahiralari kollejining bir necha sport zallari bugun xona-xonalarga bo’lingan. Har bir xonaga karovat, sanitariya ehtiyoj xonasi, tibbiy jihozlar o’rnatilgan. Shu yerning o’ziga 500 ta kislorod kontsentratori va shuncha IVL apparatlari olib kelindi.

Qo’qon shahridagi 1-bolalar sport maktabi zalida ham bemor yoki gumonlanganlar uchun shu kabi xona-joylarni ko’rasiz. Quruvchilar qo’li-qo’liga tegmaydi. Zum o’tmay talabga javob beradigan ichida sanitariya xonasi, tibbiy jixozlar bilan ta'minlangan joylar qad rostlayapti.

- Shu yerning o’zida 600 ta, Qo’qon shahridagi 4 ta sport zallarida jami 2000 ta bemor uchun zahira joy tayyorlanyapti,- deydi viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Saidmurod Aminjonov. – Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, barcha harajatlar viloyat byudjetining oshirib bajarilgan qismidagi mablag’ hisobidan qoplanmoqda.

Koronavirus yuqtirganlar mamlakatimizda kundan-kun ko’payib boryapti. To’g’ri ular soni Farg’ona viloyatida nisbatan oz. Lekin bu hotirjamlikka asos bo’lolmaydi. Ayni choqda viloyatda amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar havotirlanishga ham o’rin yo’qligini bildiradi. Shunday bo’lsada, bu virusni yuqtirmaslik uchun shifokor, mutaxassislar tavsiyalariga qat'iy rioya qilaylik!

Farg’ona viloyat hokimligi Axborot xizmati