Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONA VILOYATI HOKIMI SHUHRAT G’ANIYEVNING TABRIGI

×

 2020-07-30 18:01:20    47

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz farg’onaliklar!

Hurmatli hamyurtlar!

Ma'lumki, butun dunyoda kechayotgan koronavirus pandemiyasi davrida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda pandemiyaning aholi sog’ligi va hayoti, tadbirkorlik faoliyati, iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini kamaytirish borasida keng ko’lamli sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad, eng avvalo, bugungi murakkab va tahlikali, sinovli kunlarda aholi sog’ligi, turmush farovonligi, barqaror daromad manbalarini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, yangi ish o’rinlari yaratish, iqtisodiyot tarmoqlariga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bu borada davlatimiz rahbari ta'kidlab o’tganlaridek, pandemiya sharoitida yashash va mehnat qilishga o’rganishimiz zarur. Bugungi kunda bu har birimiz uchun muhim hayotiy zaruratga aylandi. Chunki pandemiyaning salbiy oqibatlarini qisqa fursatda bartaraf etish, xalqimizni bu ofatdan imkon qadar kamroq talofat bilan olib chiqib ketish uchun shunchaki yaxshi niyatning o’zi yetarli emas. Buning uchun barchamiz yurt ravnaq-rivoji yo’lidagi hayotbaxsh islohotlar jarayonida yanada faol va fidoyi bo’lishimiz, astoydil mehnat qilishimiz kerak.

Ayni kunlarda barchamiz asrlar mobaynida asl milliy qadriyat sifatida ma'rifatli xalqimizning eng go’zal fazilatlari namoyon etuvchi muborak Qurbon hayiti bayramini nishonlaymiz. Bayram kunlarida xalqimizga xos mehr-oqibat, muravvat, kattaga hurmat, kichikka izzat, kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bor shaxslarning oilalariga beg’araz yordam ko’rsatish yaxshi an'anaga aylangan.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan imzolangan Farmon xalqimizga xos ana shunday ezgu qadriyat va an'analarga hamohang ekanligi bilan ham e'tiborga sazovordir. Farmonda davlatimiz rahbari xalqimizni ezgu ayyom bilan samimiy muborakbod etib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, o’zgalar qaroviga muhtoj oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, hayotimizning fayzi, farishtasi bo’lgan nuroniylarimiz, urush va mehnat faxriylari holidan xabar olish, oziq-ovqat, dori-darmon hamda kundalik hayotiy ehtiyoj uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni yetkazib berish topshirig’ini berdilar. Bu borada yurtimizdagi yordamga muhtoj hech bir oila, hech qaysi inson e'tibordan chetda qolmasligi kerakligi alohida ta'kidlandi. Mas'ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan xayr-saxovat, muruvvat tadbirlari bo’yicha ustuvor vaziflar belgilab berildi.

Albatta, Farg’ona viloyatida ham bu borada belgilangan ishlar kartantin tartib-qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy amalga qilgan holda tashkil etiladi. Viloyatning shahar-tumanlari kesimida yordamga muhtoj oilalar, nogironligi bor shaxslar, muntazam ravishda alohida parvarish va tibbiy muolajaga muhtoj nuroniylar, vaqtinchalik ishsiz bo’lgan hamyurtlarimizga manzilli ro’yxat asosida oziq-ovqat, dori-darmonlar yetkazib beriladi. Viloyatning anklav hududi bo’lgan So’x tumani, Shohimardon va Yordon, Cho’ng’ara qishloqlari aholisi kundalik hayotiy ehtiyoj uchun zarur bo’lgan mahsulotlar bilan ta'minlanadi.

Ishonamizki, bu borada viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlarimiz, mahalliy hokimliklar o’zaro ahil va hamjihat bo’lib, viloyat hokimligiga yelkadosh bo’lgan holda viloyatimizda Qurbon hayiti bayramini har tomonlama namunali o’tkazishda faollik ko’rsatadilar.

Aziz farg’onaliklar!

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, viloyatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, xalqimizni ushbu virusdan himoyalash bo’yicha keng qamrovli sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Ayni jarayonda viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, bunday xo’jalik sub'ektlari pandemiya davrida Prezidentimiz Farmon va qarorlarida belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan to’liq foydalanishiga erishishini ta'minlashga jiddiy e'tibor qartilyapti. Shu maqsadda viloyatning eng chekka hududlari, har bir shahar-tumanda istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilib, yangi ish o’rinlari yaratilmoqda. Xususiy va kichik biznes, hunarmandchilik, xizmat ko’rsatish va servis, tomorqadan samarali foydalanish singari o’z o’zini band qilgan sohalarda faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Kreditni qaytarish muddatini uzaytirish, soliq, bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlar taqdim etish bo’yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Buning samarasi sifatida viloyatimizda joriy yilning birinchi yarmida investitsiya dasturi doirasida 680 million dollar miqdorida mablag’lar jalb etilib, bu borada belgilangan reja ortig’i bilan bajarildi. Bu qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, aholining muqim daromad manbaiga ega bo’lishini ta'minlash, mahalliy byudjet manbalarini shakllantirishda yangi imkoniyatlar deganidir.

Albatta, hali bu borada oldimizga qo’yilgan vaziflar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarimiz, shahar-tumanlarda hayotga tatbiq etilishi ko’zda tutilayotgan istiqbolli loyihalar juda ham ko’p. Demak, bugungi erishilgan marralar so’nggi natija emas. Biz xorijiy investorlarni viloyatga keng jalb etish, mahalliy tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratib berishga qaratilgan sa'y-harakatlarni izchillik bilan davom ettiramiz. Viloyat hokimi sifatida, kerak bo’lsa, shaxsan men ham har bir tadbirkorga yaqin hamkor, hamfikr do’st ekanligimni yana bir bor ta'kidlayman.

O’z navbatida viloyat aholisini koronavirus pandemiyasidan eng yuqori darajada himoya qilish, bu borada xalqimiz o’rtasida turli sarosima, vahimaga tushish, ishonchsizlik holatlari kelib chiqamasligiga harakat qilish doimiy e'tiborimizda. Viloyat hokimligi huzurida tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurashish shtabi, viloyatdagi tegishli mas'ul idora va tashkilotlari bilan hamkorlikda kutilmagan har qanday holatga tayyor turish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu kunlarda viloyatimizdagi sanatoriylar, sport majmualari negizida kasallikka chalinishi mumkin bo’lgan bemorlar uchun 12 ming 600 ta zaxira o’rin-joylar hozirlab qo’yildi. Viloyat mahalliy byudjeti mablag’laridan 10 milliard so’m pul ajratilib, koronavirusni davolash uchun zarur bo’ladigan eng kerakli dori-darmonlarning 3 oylik zaxirasi yaratildi. Shu bilan birga xorijdan eng zamonaviy tibbiy jihozlar, tibbiy muolaja va amaliyotlar o’tkazishga mo’ljallangan asbob-uskunalar va boshqa tibbiy vositalar olib kelinmoqda. Fidoyi tibbiyot xodimlari mehnati qo’shimcha rag’batlantirilyapti. Viloyatda yaratilgan zaxira o’rin-joylarda ishlash uchun jalb etilishi ko’zda tutilgan sanatoriylar ishchi-xizmatchilariga oldindan qo’shimcha rag’bat sifatida mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard 400 million so’m miqdorida mablag’ tarqatildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi, viloyatimizda tashkil etilgan CALL-markazi, xayriya va ko’mak jamg’armasi, homiy tashkilotlar va saxovatpesha tadbirkorlarimiz tomonidan doimiy ravishda ko’makka muhtoj oilalar uchun oziq-ovqat, dori-darmonlar yetkazib berilmoqda. Kam ta'minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga takroriy ekin ekish uchun fermer xo’jaliklari tomonidan yer maydonlari ajratilib, ichki iste'mol bozorini to’ldiradigan, eksportbop ozuqa ekinlari ekilishi ta'minlandi.

Hurmatli farg’onaliklar!

Ota-bobolarimiz bu kabi hayot sinovlarini hamisha mardonavor yengib o’tgan. Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar nafaqat hayotga munosbatimiz, dunyoqarashimizni o’zgartirdi, shu bilan birga qalbimizda islohotlar jarayonidagi daxldorlik va mas'uliyat tuyg’usini kuchaytirdi.

Pandemiya davrida yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har bir jabhada amalga oshirilayotgan ishlar, birinchi navbatda, aholi sog’ligi va baxtli hayotini ta'minlashni nazarda tutadi. Shu bois bu boradagi ezgu tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash uchun kattayu kichik Farg’ona ahli xizmatda astoydil kamarbasta bo’lib, shu yurt farzandi sifatidagi sharafli va mas'uliyatli burchimizni teran anglab yetgan holda ezgu da'vatlarga “Labbay!” deya javob beramiz.

Shu fursatdan foydalanib, barchalaringizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin dildan, samimiy muborakbod etaman.

E'tiborlaring uchun rahmat!                                               

   

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube