Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’ZBEKISTON – TURKIYA: BIR DARAXTNING IKKI YAPROG’I

×

 2020-09-14 16:13:30    81

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo’g’onning do’stona munosabatlari, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar va samimiy muloqotlar keng ko’lamli hamkorlik hamda birodarlik aloqalarini jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.

     Viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney o’rtasidagi bo’lib o’tgan samimiy muloqotda bu borada hayotga tadbiq etilayotgan ezgu tashabbuslar samarasi alohida e'tirof etildi.

-        Biz qadriyat va an'analari, turmush tarzi, e'tiqodi o’xshash, bir-birini tarjimonsiz tushunadigan qardosh xalqlarmiz,-dedi viloyat rahbari mehmonni qutlab. – Muhtaram Rejep Tayyip Erdo’g’on Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuvda ardoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “O’zbegim” she'rini o’zbek tilida qoyilmaqom tarzda yoddan o’qidi. Bu suyukli shoirimiz Farg’ona farzandi.

    Farg’ona va Bursa viloyatlari o’rtasida keng qamrovli do’stona munosabatlar ko’lami tobora kengayib borayotgani, Marg’ilon shahrida “Bursa Uludag” universiteti filiali tashkil etilayotgani o’zaro hamfikrlik va hammaslaklik tamoyiliga asoslangan aloqalar yildan-yilga yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi.  

     O’z navbatida TIKAning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari samimiy qabul uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirib, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalarga yuksak ishonch bildirdi.

   Uchrashuvda sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, ta'lim muassasalari faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida ta'mirlash maqsadida amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan loyihalar muhokama etildi. Turizm, yengil sanoat, chorvachilik singari tarmoqlarda hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish istiqbollari o’rganildi.

    Milliy qadriyatlarimizga ko’ra, uchrashuv yakunida mehmonlarga viloyat hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

         

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube