Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOG’LARNI LOL ETDI BUGUN XIRMONING, G’ALABANG MUBORAK, BUVAYDAJONIM!

×

 2020-10-02 21:15:25    20

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda fidoiy mehnatlari orqali paxta ilmining zukko bilimdonlari sifatida tan olingan tanti dehqonlar ko’plab yetishib chiqqan, yurti va eli sha'nini ulug’lab kelgan. Jumladan, omilkor va tashkilotchi paxtakorlar Abdullajon Ro’zialiyev, Mamadali Usmonov, Inomjon Azimov, Saminjon Umrzoqov kabi o’nlab ma'lumu mashhur qatorlarda nor bo’lgan farzandlari tug’ilib-o’sgan yurtlari sha'n-shavkati uchun umrlariyu kuch-g’ayratlarini baxshida qilganlar. Hozirda esa O’zbekiston Qahramoni Patilaxon Ergasheva, Izzatilla Enazarov, Esonali Qo’ziyev, Baxtiyorjon Sultonov kabi ularning yuzlab vorislari va izdoshlari borki, tuman xalqining yuki hech qachon yerda qolmaydi, ularning paxtachilikning zamonaviy bilimlari bilan qurollangan baquvvat qo’llari, kurashlarda yer iskamagan kiftlari otalarining dovruqli sha'ni hamda yurtlarining shuhratini yelkalariga dast ko’tara olmoqdalar. Bugungi kunda respublikada birinchilardan bo’lib g’oliblikka erishganimiz ham fikrimizning yorqin dalilidir.

Joriy yilda tumanimiz bo’yicha 5120 gektar maydonlarga asosan “Namangan-77”, “Uzpik” va “S-8290” navli chigit ekilib, paxtazorlardan gektar boshiga 30-32 tsentnerdan hosil yig’ib-terib olingan, 2020 yilning shartnoma rejasida ko’zda tutilgan 16120 tonnalik ulkan xirmonimiz ko’kka bo’ylashib turgan ekan, 6 ta MMTPlar va 178 dan ortiq fermer xo’jaliklari jamoalari marraga yetib, yuzlari yorug’ bo’lgan ekan, bu mehnat muvaffaqiyatining zamirida mirishkor otalarimizning oltindan qimmat boy tajribalari, minglab g’ayratchan yoshlarimizning g’ayrat-shijoatlari mujassam bo’lganidan yoshu qari barcha ahlimizning ko’ngillari tog’ qadar yuksaldi.

Tuman ahli mehnatkash, ahil, doimo oldinga intiluvchi, oriyatni barcha narsadan ustun qo’yadigan lafzi halol va subutli kishilardir. Bu xislatlar, ayniqsa, hosil yig’im-terimi pallasida yaqqol namoyon bo’ldi. Yuzlab ilg’or terimchilar, uyushmagan aholi vakillari paxtazorlarga otlandilar, dehqonlarga yelkadosh va ko’makdosh bo’ldilar. Hosil jangidan tadbirkor va ishbilarmon yurtdoshlarimiz ham chetda qolishmadi. .

Paxta paykallarida hamon hosil cho’g’i baland. Chanoqlarda charaqlab turgan mehnatlarimiz samarasini so’nggi misqoligacha nest-nobud qilmasdan xirmonga keltirish uchun hamda viloyatimiz va respublikamiz ulkan xirmonlarining cho’ng bo’lishiga munosib hissamizni qo’shishday oliy maqsad yo’lida kurashni susaytirmay, terim sur'atini bo’shashtirmay, g’ayrat-shijoat kamarini belga yanada qattiqroq bog’laymiz. Vatan xirmonlariga yana besh ming tonnadan ziyod hosil yetkazib berish mas'uliyatini zimmamizga olamiz.

Erishilgan ulkan muvaffaqiyat bilan tumanimizning barcha ahlini qizg’in muborakbod etaman. Hormang, ahdiga vafoli, labzi halol dehqonlar!