Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOYDA TADBIRKORLIK YANGI BOSQICHDA

×

 2020-10-14 16:28:05    33

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy sanoat, bog’dorchilik sohalarida katta imkoniyatga ega shahar. Xo’sh, bugungi kunda “yo’l xaritasi”da belgilangan dasturlar ijrosi qanday? Aholini hayotdan rozi qilish, muammolarning yechimini topish ishlari qay darajada?

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Quvasoy shahrida bo’lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat hokimi dastlab “Pakana” mahalla fuqarolar yig’inida qurilgan va yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko’p-qavatli uy-joylar hamda shaharning bosh rejasi bilan tanishdi. Ayni kunlarda mazkur hududda yangi massiv qad rostlayapti. Shaharda uylarga bo’lgan talab yil sayin oshib bormoqda. Viloyat rahbari yangi massivda o’nta 7-9-qavatli uylarni qurishni boshlash hamda bu yerda kichik sanoat zonasini tashkil qilish bo’yicha topshiriq berdi.

Milliy qorabayr naslli otlarni ko’paytirish va boqishga mo’ljallangan “Vodiy tulporlari” zamonaviy majmuasida asosan harbiylar va “Vatanparvar” tizimi xodimlari uchun otlar tayyorlanadi. “Vodiy tulporlari” majmuasi 2,5 gektar maydonda joylashgan bo’lib, zamonaviy drenaj tizimiga ega ochiq va yopiq manejlar, sollyariy barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Maydon Navoiy viloyatidan keltirilgan kvarts qumi bilan qoplangan. Shunday ekan, majmua nafaqat milliy, balki halqaro darajadagi musobaqalarni tashkil qilishni istagan mehmonlarni ham qabul qila oladi. 

 Bugungi kunda 7 gektar maydondagi kichik sanoat zonasida bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Viloyat rahbari bu yerdagi jarayonni borib ko’rdi. Xususan, loyiha qiymati 76,1 milliard so’mlik “Tsement texno servis” MChJda keromogranit plitalari, spirt ishlab chiqarish tarmog’ini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Mazkur yangi tarmoqlarni samarali ishlashi uchun xalqaro tajribani o’rganish muhim. Shu bois bu yerga xitoylik mutaxassislarni olib kelish borasida ko’rsatmalar berildi. “FERTEX” MChJ qo’shma korxonasi tomonidan esa kalava iplarni bo’yash tsexi qurilmoqda. Viloyat hokimi korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va eksportga yo’naltirish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berdi. 

“Ziyo Quruvchi” MChJga qarashli gidroponika usulidagi zamonaviy issiqxonada turli navdagi pomidorlar yetishtirilmoqda. 100 tonnadan ziyod hosil olish rejalashtirilgan. Ushbu issiqxonada 26 nafar ish o’rni yaratilgan. Viloyat hokimi issiqxonani ko’zdan kechirib, mahsulotdan daromad olish miqdorini oshirish kerakligini ta'kidladi.

Xayrullo Bozorov kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda bo’lib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Quvasoy shahrida 1 795 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat ko’rsatmoqda. Viloyat hokimi yangi ochilgan "Tadbirkorlar uyi"da ham bo’lib, bu maskan tadbirkorlar uchun xizmat qilishi kerakligini ta'kidladi.

- Biz rahbarlar sizlarga doimo yelkadosh va ko’makchimiz,- dedi viloyat hokimi tadbirkorlar bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida. Shu bilan birga kelgusida kichik sanoat zonalarining soni va maydonini kengaytirish bo’yicha kerakli tavsiya va ko’rsatmalarni berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-son qaror ijrosi yuzasidan umumiy qiymati 702,5 mlrd. so’mlik “Kvarts” AJning “Float oyna ishlab chiqarish” loyihasi hamkorlari Xitoy, Germaniya va Frantsiya davlati vakillari bilan uchrashgan holda tahlil qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi