Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZAROV: PAXTACHILIKDA ENG AVVALO, KUZGI SHUDGOR ISHLARINI VAQTIDA, SIFATLI BAJARISH LOZIM

×

 2020-10-20 07:36:26    32

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov Yozyovon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”ga ko’ra amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

“Bahrombek” fermer xo’jaligi negizida Don mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish klaster loyihasi 1,1 gektar maydonda bunyod etilayotgan bo’lib, ushbu loyiha qiymati 5,5 milliard so’mni tashkil etadi. 500 ming AQSh dollarlik bank krediti yo’naltirilgan. 35 ta ish o’rni yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 20 ming tonna. Viloyat hokimi olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan qiziqdi, kredit masalasida toprishiq berdi.

Yozyovon shaharcha fuqarolar yig’inida bunyod etilayotgan zamonaviy issiqxona qariyb 3 gektar maydonda tashkil etilgan. Loyiha qiymati 4,2 million so’m. Uning to’liq amalga oshirilishi natijasida 11 ta ish o’rni yaratiladi. 300 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit liniyasi shakllantirilgan. 1,2 milliard so’m mablag’ni tadbirkor o’z hisobidan sarflaydi. Viloyat xokimi tadbirkor bilan suhbatda loyihaning natijadorligiga e'tibor qaratdi.

Viloyat hokimi Andijon-Toshkent magistral yo’lining Yozyovon tumani, Guliston mahalla fuqarolar yig’ini xududida tashkil etilgan paxtani qayta ishlash orqali noto’qima maxsulotlar tayyorlash loyihasi bilan tanishdi. Loyiha qiymati 4 milliard so’mni tashkil etadi. 3,2 milliard so’m bank krediti, qolgani esa tadbirkorning o’z hisobidan shakllantirilgan. Yillik 2,9 million pogona metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. E'tiborlisi, bu yerda paxta qayta ishlanib, 2,3 qavatli kalava ip tayyorlanadi. Kelgusida undan sochiq ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Shu yerning o’zida paxta chiqindisidan toy paxta tayyorlash tsexi ham tashkil etilgan.

  Yozyovon tumanida 16 ming 645 gektar ekin maydonlari mavjud bo’lib, 126 fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. 7 600 gektarda boshoqli don, 5 210 gektarda paxta hosili yetishtiriladi. Qariyb 600 gektar maydon klasterga berilgan. Tumanda 8 ta fermer xo’jaligi rejani bajarmagan. Dalalarda esa paxta hosili ko’p. Uni quyoshli kunlarda nest-nobud qilmay yig’ishtirib olish bo’yicha terim ishlari tashkil etilmoqda. Viloyat xokimi Hayrullo Bozarov tumanda paxta yig’im terim jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Terimchilar bilan suhbatda bo’ldi. Samimiy suhbat chog’ida ular uchun yaratilgan sharoitlar, terim pullarining berilishi hamda rag’batlantirish jarayonlari bilan qiziqdi. Viloyat rahbari qayerdaki rag’bat bor ekan, ko’zlangan maqsadga erishish mumkinligi, unumdorlik yuqori bo’lishini ta'kidladi. Hamda terim ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotganliklari uchun terim ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va sovg’alar topshirdi.

Viloyat hokimi fermer xo’jaligi dala maydonida bo’lar ekan, agrotexnik tadbirlarning olib borilishi, ko’zlangan paxta hosilini yig’ishtirib olishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligiga to’xtaldi.

- Paxtachilikda eng avvalo, kuzgi shudgor ishlarini vaqtida, sifatli bajarish lozim. Qolaversa, yer baniteti, iqlim sharoitiga mos navlarni tanlashda ilm bilan innovatsiyani hamkorlikda olib borish kerak, - dedi viloyat xokimi. Shundagina, bugungidek 30 tsentner emas, 40 tsentnerga yetkazib hosil olish mumkin. Xayrullo Bozarov fermer xo’jaliklari rahbarlariga 2021 yil paxta hosiliga tayyorgarlik ishlarini olib borish yuzasidan yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi.

Terim ishlari bilan tanishish jarayonida har qarich yerdan unumli foydalanish zarurligiga e'tibor qaratar ekan, viloyat hokimi tumanda yerni olib, uni tashlandiq holga tashlab qo’yish holatlari mavjudligini tanqid ostiga oldi. Hamda bunday holatlarga chek qo’yish bo’yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Albatta, paxtachilikda ko’zlangan hosilga erishishda kuzgi shudgor ishlarini belgilangan agrotexnika talablari asosida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. YErning chuqur haydalishi hosildorlikning yuqori bo’lishligining asosiy omillaridan. Bu esa texnika vositalarining nechog’lik shudgorga tayyorligiga, zamonaviyligiga bog’liq. Viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tumandagi markaziy traktor parki “Yozyovon trans servis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’ldi va holat bilan yaqindan tanishdi.

- Bugun, fermer xo’jaligi rahbarlari o’ziga kerakli zamonaviy texnikalar xarid qilayotgan bir paytda, markaziy traktor parkida atigi 11 ta texnika borligini qanday baholash mumkin?, - dedi viloyat hokimi. Achinarlisi, ularning aksariyati ta'mirtalab holda. Mutasaddi rahbarlarning e'tiborsizligi, masalaga chuqurroq yondoshmasligi oqibatida ishlar o’z holiga tashlab qo’yilgan. Naqafat texnikalar, balki butun hudud tashlandiq holga tushib qolgan. Uni tartibga keltirish, zamonaviy texnikalar harid qilish bilan esa hech kimning ishi yo’q. Korxonaning bugungi holati nochor ahvolda. Rag’bat masalasi ham shunga yarasha. Viloyat hokimining mexanizatorlar bilan qilgan suhbati chog’ida ma'lum bo’ldiki, korxonada bosh rahbarning yo’qligi, har kim hohlaganicha ish tutishi natijasida ishchilar oylab ish haqlarini ololmay kelmoqdalar.

Hozir 2021 yil hosili uchun dala maydonlarida belgilangan haydovni agrotexnika talablari asosida olib borish zarur. Vaqt kutib turmaydi. Shu bois markaziy traktor parkidagi ahvolni tubdan o’zgartirish bo’yicha viloyat hokimi tegishli ko’rsatmalar berdi. Hamda yuqoridagi holatlarni o’rganish hamda zudlik bilan bartaraf etish bo’yicha mas'ul idoralarga topshiriqlar berildi.

Farg’ona viloyati hokimligi