Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA MUAMMOLAR BO’LMAYDI

×

 2020-10-20 09:02:35    58

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati kengashining o’n to’qqizinchi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16 oktyabr kuni o’tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar muhokama etildi.

Sessiyada Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va sektor rahbarlari o’z hududida yaratilgan tizim, bozordagi shart-sharoitlar va narx-navo bo’yicha hisobot berdi.

Mamlakatimizda pandemiya sharotida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa sifatida belgilangan. Xususan, Farg’ona viloyatida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatda 2018-2020 yillarda tijorat banklari tomonidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qishloq ho’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash maqsadida qariyb 2 trillion so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Buning natijasida, birgina chorvachilik sohasida viloyatimizga xorijdan 6,7 ming bosh yirik shoxli va 12,2 ming bosh mayda shoxli chorva mollari olib kelinib, aholining mol, qo’y go’shti va sut mahsulotlariga bo’lgan talabi to’liq qondirilishiga erishildi.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay shart-sharoitlar samarasida joriy yil 9 oy yakuni bilan viloyat bo’yicha 123,1 ming tonna go’sht, 739,7 ming tonna sut, 239,9 ming tonna kartoshka, 790,4 ming tonna sabzavot, 47,8 ming tonna poliz, 290,0 ming tonna meva, 407 mln.dona tuxum mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazib berildi. Ushbu mahsulotlarni yetishtirish hajmlari bo’yicha avvalgi yillarga nisbatan barqaror o’sish sur'atlari ta'minlandi.

Biroq, hududlarda “daladan-iste'molchigacha” tamoyili asosida yetarli ishlar tashkil etilmaganligi, davriy ravishda yangilanib turadigan oziq-ovqat zaxirasini yaratishga e'tibor qaratilmaganligi bozorlardagi narx-navolarni oshib ketishiga olib kelgan. Masalan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida sut mahsulotlari 16,0 foizga, kartoshka 13,7 foizga, go’sht mahsulotlari 11,4 foizga, yog’-moy mahsulotlari 10,2 foizga, shakar, choy va ziravorlar narxi 5,4 foizga o’sganligi kuzatildi.

Viloyat aholisi uchun joriy yilning noyabr oyidan 2021 yilning may oyiga qadar bo’lgan davrda 81,6 ming tonna kartoshka, 37,7 ming tonna piyoz, 29,0 ming tonna sabzi, 18,5 ming tonna guruch, 132,8 ming tonna un mahsulotlari, 35,7 ming tonna mol va qo’y go’shti, 35,3 ming tonna parranda go’shti, 20,8 ming tonna shakar, 17,2 ming tonna o’simlik yog’i, 18,3 ming tonna baliq, 393,3 million dona tuxum talab etiladi. Viloyat aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, ichki iste'mol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli tashkil etish orqali narx-navo barqarorligini saqlash muhim vazifalardan biridir. Bu borada mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlarida katta mas'uliyat talab qilinadi. Sessiyada ana shu masalalar chuqur tahlil etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shahar va tumanlar kesimida aholi ehtiyoji uchun 2020 yil noyabr oyidan 2021 yil may oyigacha bo’lgan davrda talab etiladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi yaratiladi. Aholini mol go’shti, parranda go’shti, tuxum va baliq mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida “Ekobozor”lar tashkil etilmoqda. Tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun kreditlar ajratish, bozorlardagi narx-navoni kunlik nazorat qilish kabi ko’plab ishlar tizimli yo’lga qo’yiladi.

Sessiyada ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi